Avtomobil savdosi: Cobalt va Damas hamon yetakchi

19-iyun 2026 09:10 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Avtomobil savdosi: Cobalt va Damas savdoda hamon yetakchi
Manba: Kursiv Uzbekistan

2026-yilning yanvar – may oylarida O‘zbekistonda jami 146,3 ming dona avtomobil sotildi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» AJ e’lon qilgan ma’lumotlarda keltirilgan.

Ishlab chiqaruvchilar kesimida eng katta ulush UzAuto Motors hissasiga to‘g‘ri keldi. Kompaniya besh oyda 69 ming dona mashina sotgan. Keyingi o‘rinlarda UzAuto Khorezm 45,7 ming dona, ADM Jizzakh 17,4 ming dona va BYD Uzbekistan Factory 13,7 ming dona model bilan qayd etilgan. Samarqand avtomobil zavodi 386 dona, Asaka Motors esa 101 dona mashina sotgan.

Brendlar bo‘yicha Chevrolet katta ustunlikka ega bo‘ldi. Yanvar – may oylarida ushbu brend avtomobillaridan 114,7 ming dona sotilgan. BYD savdosi 13,7 ming donani, Kia 9,9 ming donani, Chery 3,7 ming donani, Haval esa 3,5 ming donani tashkil etdi.

Avtomobillar kesimida

Manba: «O‘zavtosanoat» AJ

Modellar kesimida Chevrolet Cobalt eng ko‘p sotilgan model bo‘ldi. Hisobot davrida ushbu modeldan 35,2 ming dona sotilgan. Ikkinchi o‘rinni 29,7 ming dona natija bilan Damas egalladi. Tracker 16,9 ming dona, Onix 16,4 ming dona, Labo esa 15,4 ming dona sotilgan.

Eng ko‘p sotilgan modellarning yuqori yigirmataligiga Kia Sonet, BYD Song Plus DM-i UzPride, BYD Yuan-Up, BYD Chazor Champion, Haval M6, Chery Tiggo 7 Pro, Haval Jolion va boshqa modellar ham kirdi.

Segmentlar bo‘yicha eng katta ulush Sedan-B toifasiga tegishli bo‘lib, uning bozordagi ulushi 35,3 foizni tashkil etdi. LCV segmenti 31,4 foiz, SUV-B esa 21,5 foiz ulush bilan keyingi o‘rinlardan joy oldi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Chevrolet Bolt 2027 qulayroq va tezroq bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek