«Ko‘zchali» yangi smartfon Tecno Camon Slim taqdim etildi

23-iyun 2026 14:27 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
«Ko‘zchali» yangi smartfon Tecno Camon Slim taqdim etildi
Foto: Tecno

Tecno Camon Slim kompaniyasi o‘zining yangi smartfonini taqdim etdi. Bu haqda TechInsider xabar berdi.

Qurilmaning asosiy jihati — atigi 6,39 mm qalinlikdagi juda yupqa korpus va orqa paneldagi 354 ta sozlanadigan mini LED yoritkichlardir.

Foto: Tecno

Yangi model 5600 mA·soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, 60 Vt tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, telefon bir marta zaryad bilan uzoq ishlash imkonini beradi: taxminan 54 soat qo‘ng‘iroq yoki 576 soatgacha kutish rejimi.

Foto: Tecno

Smartfon IP68 va IP69 himoya standartlariga ega bo‘lib, chang va suvga chidamli, shuningdek MIL-STD-810 harbiy mustahkamlik talablariga ham mos keladi.

Qurilma 6,78 dyuymli AMOLED displey bilan taqdim etilgan bo‘lib, 1.5K (1224×2720 piksel) aniqlik va 144 Hz yangilanish tezligiga ega. U Android 16 asosidagi HiOS 16.2 tizimida ishlaydi va ishlab chiqaruvchi 3 ta yirik Android yangilanishini va’da qilmoqda.

Foto: Tecno

Texnik qismida MediaTek Helio G200 Ultimate protsessori, 8 GB tezkor xotira va 256 GB gacha ichki xotira mavjud. Sovitish tizimi 12 qatlamli bo‘lib, bug‘ kamerasi texnologiyasidan foydalanadi.

Kamera tizimi 50 megapikselli Sony LYT-600 asosiy sensordan iborat bo‘lib, unga miltillashni aniqlovchi sensor ham qo‘shilgan. Orqa tomonda joylashgan 354 ta LED chiroqlar esa bildirishnomalar, qo‘ng‘iroqlar va zaryad holatini ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Old kamera esa 32 megapikselli.

Foto: Tecno

Smartfon stereo dinamiklar, NFC, Wi-Fi, Bluetooth, GPS, FM-radio, USB Type-C va IR-port bilan ham jihozlangan. Rang variantlari orasida bordo, yashil, qora, ko‘k hamda bezakli oq rang mavjud.

Hozircha qurilmaning narxi va sotuvga chiqish sanasi rasman e’lon qilinmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ai+ Nova 2 Pro 5G smartfoni taqdim etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek