Meksika Chexiyaga qarshi o‘yinda ishonchli ustunlikka erishdi

25-iyun 2026 08:05 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Meksika Chexiyaga qarshi ishonchli ustunlikka erishdi
Foto: Getty Images

Jahon chempionati guruh bosqichida Meksika terma jamoasi Mexiko shahridagi stadionda Chexiyaga qarshi maydonga tushdi. Mezbonlar guruhda birinchi o‘rinni muddatidan avval kafolatlab bo‘lgan, Chexiya esa keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirayotgandi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Har ikki jamoa hujumda faol bo‘lishga urindi, biroq xavfli vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi. Chexiya asosan standart vaziyatlardan foydalanishga harakat qildi, ammo Meksika himoyachilari raqibning jarima maydoniga uzatilgan to‘plarini ishonchli bartaraf etdi. Meksika safida Isroil Reyesning uzoq masofadan bergan zarbasi birinchi jiddiy urinishlardan biri bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim qanday o‘tdi

Ikkinchi bo‘limda mezbonlar o‘yinni ancha jonlantirdi. Avvaliga Mateo Chaves raqib jarima maydoniga yorib kirib, to‘pni Matey Kovaj darvozasining pastki burchagiga aniq yo‘lladi. Shu tariqa Meksika hisobni ochdi.

Foto: Getty Images

Oradan ko‘p o‘tmay, Xulian Kinyones ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Meksikalik futbolchilar Chexiya himoyasini osonlik bilan yorib o‘tishdi va Kinyones vaziyatni gol bilan yakunlab, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Uchrashuv davomida Meksika safida tajribali darvozabon Gilermo Ochoa ham maydonga tushirildi. Bu uning terma jamoadagi 154-o‘yini bo‘ldi. Ochoa 2006 va 2010-yilgi jahon chempionatlarida zaxirada bo‘lgan, 2014, 2018 va 2022-yilgi mundiallarda esa Meksika darvozasini qo‘riqlagan. Uning maydonga tushishi muxlislar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.

Chexiya o‘yinga burilish yasash uchun Tomas Soutchek va Patrik Shikni maydonga tushirdi. Biroq jamoa hujumda aniq reja topishda qiynaldi. Chexlar chap qanot orqali hujum uyushtirishga uringan bo‘lsa-da, ko‘p vaziyatlarda to‘pni yo‘qotdi va Meksika darvozasi oldida jiddiy xavf yarata olmadi. O‘yin so‘ngida Alvaro Fidalgo ham gol urib, Meksikaning 3:0 hisobidagi g‘alabasini rasmiylashtirdi. Hisob 3:0.

Avvalroq «Kursiv» Marokash Gaiti terma jamoasi ustidan irodali g‘alaba qozongani haqida yozgan edi.

Shuningdek