
OnePlus kompaniyasining hali rasman taqdim etilmagan yangi byudjet smartfoni OnePlus N6 haqida navbatdagi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Taniqli insayder Abishek Yadav qurilmaning jonli suratlarini e’lon qildi.
Suratlarda nafaqat smartfonning o‘zi, balki uning to‘liq komplektatsiyasi ham aks etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, qutidan quvvat adapteri, USB kabel va kompaniyaning original himoya g‘ilofi o‘rin oladi.


OnePlus N6 smartfonining rasmiy taqdimoti 30-iyun kuni Hindistonda bo‘lib o‘tadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u kompaniyaning eng hamyonbop modellaridan biri bo‘ladi va narxi $210 atrofida.
Kompaniya qurilmaning bir qator texnik xususiyatlarini allaqachon oshkor qilgan. Smartfon 120 Gs yangilanish chastotasiga ega AMOLED displey, 50 megapikselli asosiy kamera, 8 megapikselli old kamera, 8000 mA/soat sig‘imli akkumulyator hamda 45 Vt quvvatdagi tezkor simli quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma MediaTek Dimensity 6300 protsessori asosida ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OnePlus Pad 3 Pro $650 narxda plansheti taqdim etilgan edi