Samsung Galaxy S27 smartfonlarida Privacy Display funksiyasini joriy etadi

2-iyul 2026 18:25 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Samsung Galaxy S27 smartfonlarida Privacy Display funksiyasini joriy etadi / Foto: Sammobile

Samsung Privacy Display funksiyasini Galaxy S27 turkumining barcha modellarida standart imkoniyat sifatida taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu texnologiya Galaxy S27, Galaxy S27 Plus, Galaxy S27 Pro va Galaxy S27 Ultra modellarida mavjud bo‘ladi. Mazkur funksiya ilk bor Galaxy S26 Ultra smartfonida taqdim etilgan edi. Endilikda kompaniya uni butun flagman qatoriga kengaytirishni ko‘zlamoqda.

Oddiy maxfiylik plyonkalaridan farqli ravishda, Samsung yechimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri displeyga integratsiya qilingan. U Samsung Display tomonidan ishlab chiqilgan Flex Magic Pixel OLED texnologiyasiga asoslanadi.

Ekranning maxsus tuzilishi yorug‘likning ma’lum burchaklarda tarqalishini cheklaydi. Natijada tasvir faqat smartfon egasiga aniq ko‘rinadi, yon tomondan qarayotganlar uchun esa ekran qorong‘i yoki deyarli ko‘rinmas holatda bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung olti yil yangilanish oladigan Galaxy Jump 5 smartfonini taqdim etgan edi.

Shuningdek