Honor 600 Pro’ning sovg‘ali maxsus versiyasi taqdim etildi

22-iyul 2026 10:15 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Honor 600 Pro’ning sovg‘ali maxsus versiyasi taqdim etildi
Foto: MT Today

Honor kompaniyasi Xitoyda Honor 600 Pro smartfonining Sky Blue Gift Box Edition nomli limitlangan versiyasini taqdim etdi. Maxsus to‘plam 21 – 31-iyul kunlari sotuvda bo‘ladi.

Honor 600 Pro’ning yangi versiyasi och ko‘k – Sky Blue rangida chiqarilgan. Sovg‘ali to‘plamga smartfondan tashqari brend sumkasi, gradient dizaynli va pat teksturasiga ega g‘ilof, tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydigan tashqi akkumulyator, aktrisa Van Churan tasviri tushirilgan kolleksion karta hamda eksklyuziv stikerlar kiritilgan.

Rasm: Honor

Smartfon chegirma bilan sotilmoqda

Honor 600 Pro’ning 12 GB tezkor va 256 GB ichki xotiraga ega versiyasi $29,6 chegirma bilan taklif qilinmoqda.

Xaridorlar qo‘shimcha ravishda $44,2 lik Honor Earbuds X9 simsiz quloqchinlarini bepul olishlari mumkin. Shuningdek, 24 oygacha foizsiz bo‘lib to‘lash va trade-in dasturida $148 gacha subsidiya olish imkoniyati ham mavjud.

Talabalar uchun alohida bonus bor

Talabalar uchun alohida sovg‘a ham nazarda tutilgan. Ular 10 000 mA/soat sig‘imli, tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydigan tashqi akkumulyatorni bepul olishlari mumkin.

Honor 600 Pro 200 MP kameraga, 7000 mA/soat batareyaga va IP69K darajasidagi himoyaga ega smartfon sifatida taqdim etilgan.

Yangi Sky Blue Gift Box Edition rasmiy Honor internet-do‘koni, shuningdek, JD.com va Tmall platformalari orqali sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor 8100 mA/soat batareyali smartfon chiqargandi. Qurilma 8100 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 120 gertsli ekran, 50 megapikselli kamera va IP69K darajasidagi himoya bilan jihozlangan.

Shuningdek