«Liverpul» klubi 6 milliard dollardan ko‘proqqa sotilishi mumkin

22-iyul 2026 15:23 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
«Liverpul» klubi qanchaga baholanadi — tafsilotlar
Foto: Getty Images

Angliyaning «Liverpul» futbol klubi egasi Fenway Sports Group klubdagi yirik minoritar ulushni sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.

Potensial xaridor sifatida britaniyalik tadbirkor Amit Bhatiya boshchiligidagi va po‘lat sanoati milliarderi Lakshmi Mittal oilasi qo‘llab-quvvatlayotgan investorlar konsorsiumi ko‘rilmoqda.

Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, ehtimoliy bitim doirasida «Liverpul»ning umumiy qiymati $6 mlrddan yuqori baholanishi mumkin. Gap klubning to‘liq sotilishi haqida emas, balki undagi salmoqli minoritar ulushning yangi investorlarga o‘tishi haqida ketmoqda.

The Guardian manbalariga ko‘ra, tomonlar klub aksiyalarining 30 foizini sotish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Muzokaralar taxminan uch oydan beri davom etayotgani aytilmoqda, biroq ulush miqdori va yakuniy narx hozircha rasman tasdiqlanmagan.

FSG konsorsiumning qiziqish bildirganini tasdiqladi. Kompaniya vakilining bildirishicha, Amit Bhatiya boshqarayotgan investorlar guruhi «Liverpul»ga strategik minoritar sarmoya kiritish istagini bildirgan. Shu bilan birga, hozircha hech qanday yakuniy kelishuvga erishilmagan.

Amit Bhatiya 21-iyul kuni «Kuinz Park Reynjers»dagi ulushini Ruben Gnanalingamga topshirdi. U London klubining hammuallifi va direktori sifatida qariyb 19 yil faoliyat yuritgan. Mazkur qaror «Liverpul» bo‘yicha taklifning jiddiy ekanini ko‘rsatuvchi omillardan biri sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Shomurodov va Fayzullayev UEFA turnirida yurishini boshlashi haqida yozgan edi.

Shuningdek