Bibisara Assaubayeva Samarqanddagi shaxmat olimpiadasi ochilish marosimini baholadi

16-sentabr 2026 08:42 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Instagram/ @bibisarachess
Foto: Instagram/ @bibisarachess

Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Assaubayeva Samarqandda bo‘lib o‘tgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ochilish marosimi haqida taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Sports.kz xabar berdi.

«Juda chiroyli ochilish marosimi»

Assaubayeva o‘zining Instagram sahifasida tadbir davomida olingan suratlarni e’lon qildi. Ularda ochilish marosimidan lavhalar, shuningdek, dronlar yordamida yaratilgan shaxmat donalari va O‘zbekiston bayrog‘i tasvirini ko‘rish mumkin.

Foto: Instagram/ @bibisarachess

«Turnirning ochilish marosimi juda chiroyli bo‘ldi», — deb yozdi shaxmatchi.

Olimpiada 27-sentabrgacha davom etadi

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining tantanali ochilish marosimi Samarqandda bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning ilk partiyalari 16-sentabr kuni boshlanadi va turnir 27-sentabrgacha davom etadi.

Foto: Instagram/ @bibisarachess
Foto: Instagram/ @bibisarachess

Bibisara Assaubayeva Qozog‘iston ayollar terma jamoasi safida olimpiadada ishtirok etadi. Qozog‘iston jamoasi musobaqada uchinchi raqam ostida saralangan.

Assaubayeva jahon reytingida beshinchi o‘rinda

Sports.kz ma’lumotiga ko‘ra, Assaubayeva ushbu turnirga ayollar o‘rtasidagi jahon reytingining beshinchi raqamli shaxmatchisi sifatida yetib kelgan.

Avvalroq «Kursiv» Javohir Sindarov va Bibisara Assaubayeva O‘zbekistonga kelgani haqida yozgan edi.

Shuningdek