Xiaomi 18 Pro Max qanday suratga oladi — ilk lavhalar

22-sentabr 2026 11:28 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Xiaomi 18 Pro Max qanday suratga oladi — ilk lavhalar
Foto: IT Home

Xiaomi 18 Pro Max smartfonining kamerasi bilan olingan ilk namunaviy suratlar namoyish etildi. Kompaniya qurilmada ikkita 200 megapikselli kamera sensori qo‘llanishini ham tasdiqladi, deya xabar berdi IT Home.

Suratlarni Xiaomi mobil bo‘linmasi rahbari Lu Veybing e’lon qildi. Ular yangi kamera tizimining turli sharoitlardagi imkoniyatlarini ko‘rsatishga qaratilgan.

Superzum bu safar namoyish etilmadi

E’lon qilingan suratlarda 23 mm dan 75 mm gacha bo‘lgan ekvivalent fokus masofalari qo‘llangan.

Bu safar kompaniya kameraning uzoq masofali superzum imkoniyatlarini ko‘rsatmagan.

Ikki dona 200 MP kamera bo‘ladi

Xiaomi 18 Pro seriyasida Leica bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan yangi kamera tizimi qo‘llanadi. Unda asosiy va periskop telefoto modullarida 200 megapikselli sensorlardan foydalaniladi.

Shuningdek, o‘qing: Xiaomi 18 Fold uchun oldindan buyurtma berish boshlandi — narx

Taqdimot 23-sentabrda bo‘lib o‘tadi

Xiaomi 18 Pro va Xiaomi 18 Pro Max’ning rasmiy taqdimoti 23-sentabrga rejalashtirilgan.

Smartfonlar 2 nanometrli flagman platforma, yangi avlod SuperPixel displeyi va Smart Privacy Screen funksiyasini ham oladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi 18 Pro 7000 mA/soat, Pro Max esa 8500 mA/soat sig‘imli Jinshajiang akkumulyatori bilan jihozlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi 18 Pro orqa ekranida SI yordamida mini-ilovalar yaratish mumkin bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek