
Honor kompaniyasi 28-sentabr kuni taqdim etiladigan Honor Magic 9 smartfonining narxini rasman ma’lum qildi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.
Modelning odatiy boshlang‘ich narxi $961 etib belgilangan. Magic seriyasining 10 yilligiga bag‘ishlangan maxsus taklif doirasida esa smartfonni $887 ga xarid qilish mumkin.
Subsidiyadan keyingi narx $813 bo‘ladi
Xitoydagi davlat subsidiyasi talablariga mos keladigan xaridorlar Honor Magic 9’ni $813 ga sotib olishlari mumkin.
Bu smartfonning standart boshlang‘ich narxidan qariyb $148 arzon.

Taqdimot 28-sentabr kuni o‘tkaziladi
Honor Magic 9 seriyasining rasmiy taqdimoti 28-sentabrga rejalashtirilgan.
Kompaniya avvalroq yangi kamera dizayni, 500 mm telefoto kengaytirgichi, xotira variantlari va ranglarni ham namoyish qilgan.
Snapdragon 8 Elite Gen 6 bilan jihozlanishi kutilmoqda
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Magic 9 seriyasi Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 6 protsessori va Honor’ning H1 chipi bilan ishlashi mumkin.
Magic 9 Super Edition versiyasida esa yuqori yuklama vaqtida unumdorlikni saqlash uchun faol sovitish ventilyatori o‘rnatilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Honor Win 2 smartfoni qanday batareya bilan chiqishi haqida yozgan edi.