
2027-yilgi Chevrolet Equinox EV elektromobili bir qator yangilanishlar bilan taqdim etiladi. Bu haqda GMAuthority nashri xabar bermoqda.
GM Authority ma’lumotiga ko‘ra, Chevrolet Equinox EV’ning maksimal tirkama tortish quvvati 1500 funt, ya’ni taxminan 680 kgni tashkil etadi.
LT 2 va RS versiyalarida 680 kg
Maksimal tortish quvvati LT 2 va RS komplektatsiyalarida taqdim etiladi. Bu ko‘rsatkich old g‘ildirakdan tortuvchi bir motorli FWD versiyalarda ham, ikki motorli to‘liq uzatmali AWD variantlarda ham bir xil – 680 kg.
Qizig‘i, kuchliroq ikki motorli AWD tizimiga o‘tish tirkama tortish imkoniyatini oshirmaydi.
Boshlang‘ich LT 1 komplektatsiyasi uchun esa FWD yoki AWD versiyalarida rasmiy tirkama tortish ko‘rsatkichi belgilanmagan.

Maxsus ilgak kerak bo‘ladi
680 kg maksimal tortish imkoniyatidan foydalanish uchun avtomobilga SDE kodli aksessuar tirkama ilgagi o‘rnatilishi kerak.
Shuningdek, GM tirkama ulashdan oldin avtomobil kamida 500 mil, ya’ni qariyb 805 km yo‘l bosib, dastlabki moslashuv davridan o‘tishini tavsiya qiladi.
Tirkama bilan harakatlanishda ayrim haydovchiga yordam beruvchi elektron tizimlarni o‘chirib qo‘yish ham talab qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri UzAuto Motors ijtimoiy tarmoqlar va internet sahifalarida Chevrolet Cobalt avtomobillari boshlang‘ich to‘lovsiz bo‘lib to‘lash sharti asosida sotuvga chiqarilgani haqidagi xabarlarni rad etgani haqida yozgan edi.