
OnePlus 16 Xitoyda 13-oktabr kuni sotuvga chiqdi va dastlabki soatlardayoq yuqori talab qayd etdi. Manbaga ko‘ra, xaridorlar qisqa vaqt ichida 70 mingdan ortiq qurilma sotib olgan.
Natijada model xuddi shu vaqt oralig‘ida sotilgan flagman Android-smartfonlar orasida birinchi o‘rinni egallagan.
JD.com’da eng ko‘p sotilgan smartfonga aylandi
JD.com ma’lumotlariga ko‘ra, OnePlus 16 sotuv boshlangan kuni platformadagi eng ko‘p xarid qilingan smartfon bo‘lgan.
Qurilma savdo hajmi bo‘yicha iPhone 18 Pro Max’ni ham ortda qoldirgan. Davlat subsidiyalarini hisobga olganda, smartfonning boshlang‘ich narxi 5 200 yuan atrofida.
9000 mA/soat batareya va 100 W quvvatlash

OnePlus 16 6,78 dyuymli, 1,5K aniqlikdagi ekran bilan jihozlangan. Displey 185 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Smartfon 9000 mA/soat sig‘imli batareyaga ega. Qurilma 100 W simli va 50 W simsiz tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Asosiy kamera 200 MP
OnePlus 16’ning asosiy kamerasi 200 MP aniqlikka ega. Shuningdek, 50 MP periskop telekamera va 50 MP ultra keng burchakli modul o‘rnatilgan. Old kamera ham 50 MP. Smartfon ColorOS 17 operatsion tizimida ishlaydi.
Qurilma IP69K himoya darajasiga ega bo‘lib, chang va suv ta’siriga yuqori darajada chidamli.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri OnePlus 16 9000 mA/soat batareya bilan taqdim etilgani haqida yozgan edi.