Nodirbek Abdusattorov yangi Total Chess reytingida uchinchi o‘rinni egalladi

19-oktabr 2026 09:17 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Nodirbek Abdusattorov yangi Total Chess reytingida uchinchi o‘rinni egalladi
Foto: Instagram/ Abdusattorov

Total Chess tashkilotchilari shaxmatchilarning klassik, rapid va blitsdagi natijalarini birlashtiruvchi yangi Total Chess Rating tizimini e’lon qildi. Yangi reytingda Nodirbek Abdusattorov 2774 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Reytingda birinchi o‘rin 2830 ochko bilan Magnus Karlsenga, ikkinchi pog‘ona esa 2779 ochko bilan Hikaru Nakamuraga nasib etdi.

Sindarov ham kuchli beshlikda

Manba: Totalchess.com

Yangi reytingning kuchli beshligidan yana bir o‘zbekistonlik grossmeyster — Javohir Sindarov ham joy oldi. U 2753 ochko bilan beshinchi o‘rinda qayd etilgan.

To‘rtinchi pog‘onani 2765 ochko bilan Alireza Firuzja egalladi.

Shu tariqa, Total Chess reytingining dastlabki beshligida O‘zbekistonning ikki vakili bor.

Gukesh 26-o‘rinda

Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju yangi tizimda 2686 ochko bilan 26-o‘rinni egalladi.

Turkiyalik 15 yoshli Yagiz Kaan Erdog‘mushning Total Chess reytingi esa 2637 ochkoni tashkil etdi. Bu uning klassik shaxmatdagi 2731 reytingidan 94 ochko past.

Total Chess Rating qanday ishlaydi

Yangi tizim shaxmatchining faqat klassik shaxmatdagi emas, rapid va blitsdagi natijalarini ham hisobga oladi.

Bunda uch formatdagi reytinglar oddiy tarzda qo‘shilib, uchga bo‘linmaydi. Total Chess maxsus formula orqali uchala formatdagi natijalarni yagona ko‘rsatkichga birlashtiradi.

Hozircha rasmiy FIDE reytingi emas

Total Chess Rating hozircha sinov bosqichida. Tizim FIDEning klassik, rapid va blits bo‘yicha rasmiy reytinglarini almashtirmaydi.

Shunga qaramay, yangi yondashuv shaxmatchining turli vaqt nazoratlaridagi umumiy kuchini bitta reytingda ko‘rsatishga urinishi bilan ajralib turadi.

Avvalroq «Kursiv» Komil Sindarov nabirasining qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Assaubaeva bilan turmush qurishi haqida fikr bildirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek