
General Motors AQŞ bozorida 2026-yilgi Chevrolet Trailblazer narxlarini yana oşirdi. Bu haqda GMAutority naşri xabar bermoqda.
Oktabrdagi navbatdagi özgarişda krossoverning barça komplektatsiyalari $300 ga qimmatlaşdi. Bu model yili e’lon qilinganidan beri Trailblazer narxining törtinçi marta oşirilişi böldi.
Eng qimmat versiyalar $31,6 mingga yaqinlaşdi
Yangilangan narxlarga köra, old ğildirakdan tortuvçi LT versiyasi $26 595, töliq uzatmali LT esa $28 595 turadi.
RS va Activ komplektatsiyalarining old ğildirakdan tortuvçi variantlari $29 995 dan, töliq uzatmali versiyalari esa $31 595 dan taklif qilinmoqda. Mazkur narxlarga $1 795 miqdoridagi yetkazib beriş tölovi ham kiritilgan.

Trailblazer avval ham bir neça bor qimmatlaşgan
2026-yilgi Trailblazer 2025-yil bahoridan sotuvda. Modelning yetkazib beriş tölovi 2025-yil aprelida $100 ga oşirilgan, keyin esa avtomobilning tavsiya etilgan çakana narxi 2025-yil avgustida va 2026-yil yanvarida yana kötarilgan.
Yanvardagi oşirişda barça komplektatsiyalar $100 ga qimmatlaşgan edi. Oktabrdagi $300 lik qöşimça oşiriş şu model uçun navbatdagi – törtinçi narx özgarişi böldi.
Ikki xil turbo dvigatel taklif etiladi

Trailblazer LS FWD va LT FWD bazaviy versiyalarida 1,2 litrli uç silindrli turbo dvigatel örnatilgan. U 137 ot kuçi va 220 Nm ga yaqin aylantiruvçi moment işlab çiqaradi hamda variator bilan işlaydi.
Uşbu ikki komplektatsiyada 1,3 litrli turbo motorni tanlaş uçun qöşimça $395 tölaş kerak. Kattaroq dvigatel 155 ot kuçi va qariyb 236 Nm aylantiruvçi moment beradi. U qolgan versiyalarda standart hisoblanadi va töqqiz poğonali avtomatik uzatmalar qutisi bilan birga işlaydi.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Chevrolet Tracker qanday yangi xavfsizlik tizimlarini olgani haqida yozgan edi.