
Honor kompaniyasi X seriyasidagi yangi Honor X8e 4G smartfonini taqdim etdi. Qurilma 120 Hz ekran, 108 MP asosiy kamera, 7 700 mA/soat siğimli akkumulyator va kuçaytirilgan himoyaga ega.
Smartfon hozirça Ozarbayjon bozorida paydo bölgan. 6/256 GB xotirali versiya narxi 688–820 manat oraliğida bölib, bu taxminan $400–480 ga teng.
120 Hz ekran va Snapdragon 685
Honor X8e 4G 6,87 dyuymli TFT LCD displey bilan jihozlangan. Ekran aniqligi 1592 × 720 piksel, yangilaniş çastotasi esa 120 hzni taşkil qiladi. Maksimal yorqinlik 1 020 nitgaça yetadi.
Smartfon Qualcomm Snapdragon 685 protsessori va Adreno 610 grafik tezlatkiçida işlaydi. Qurilmada 6 GB tezkor va 256 GB doimiy xotira mavjud.
RAM Turbo texnologiyasi hisobiga virtual tezkor xotirani kengaytiriş imkoniyati ham közda tutilgan.
108 MP asosiy kamera
Smartfonning orqa qismida f/1.75 diafragmali 108 MP asosiy kamera va qöşimça sensor joylaşgan. Kamera 1080p formatida video yozişi va 8 karra raqamli yaqinlaştirişni qöllab-quvvatlaydi.
Old tomonda esa selfi va videoqönğiroqlar uçun 5 MP kamera örnatilgan. Honor X8e’da AI Image to Video 2.0 funksiyasi hamda sun’iy intellekt vositalariga tezkor kiriş uçun alohida AI tugmasi mavjud.

7 700 mA/soat batareya
Qurilma 7 700 mA/soat siğimli akkumulyator bilan jihozlangan va 45 Vt quvvatli Honor SuperÇarge tezkor quvvatlaş texnologiyasini qöllab-quvvatlaydi.
Smartfon faqat 4G tarmoqlarida işlaydi. Şuningdek, Wi-Fi 5, Bluetooth 4.2, NFC va ikkita Nano-SIM kartani qöllab-quvvatlaş imkoniyati mavjud.
IP69K himoyasi mavjud
Honor X8e IP68, IP69 va IP69K standartlari böyiça çang va suvdan himoyalangan.
Kompaniya ma’lumotiga köra, qurilma laboratoriya şaroitida 2,5 metrgaça balandlikdan tuşişga bardoş bera oladi. Smartfon SGS Premium Performance sertifikatiga ham ega.
Qurilmaning ölçamlari 168,3 × 78,54 × 8,3 mm, oğirligi esa 218,5 grammni taşkil qiladi.
Uçta rangda sotiladi
Honor X8e Sunrise Orange, Desert Gold va Velvet Black ranglarida taklif etiladi. Hozirça modelning boşqa bozorlarda qaçon sotuvga çiqişi haqida ma’lumot berilmagan.
Avvalroq «Kursiv» Honor MagicOS 11 beta dasturini 20 ta yangi qurilmaga kengaytirgani haqida yozgan edi.