
Özbekiston milliy terma jamoasi hujumçisi Eldor Şomurodov Turkiya Superligasining joriy mavsumida sakkizinçi golini urib, eng yaxşi töpurarlar reytingida törtinçi öringa kötarildi.
Şomurodov yetakçilardan bir gol ortda qolmoqda
«Başakşehir» hujumçisi Turkiya Superligasining 10-turida «Samsunspor» darvozasini işğol qildi. U 10-daqiqada hisobni oçdi. Uçraşuv 5:2 hisobida istanbulliklar foydasiga yakunlandi.

Şomurodovning joriy mavsumdagi gollari soni sakkiztaga yetdi. Töpurarlar poygasida Viktor Osimxen va Gift Orban töqqiztadan gol bilan yetakçilik qilmoqda. Muhammad Saloh hamda Şomurodov esa sakkiztadan gol bilan keyingi örinlarda bormoqda.
Sofascore statistikasiga köra, özbekistonlik hujumçi mavsum davomida raqiblar darvozasi tomon 27-marta zarba yöllagan. Ularning sakkiztasi gol bilan yakunlangan. Zarbalardan foydalaniş samaradorligi 29,63 foizni, kutilgan gollar körsatkiçi (xG) esa 7,07 ni taşkil etmoqda.
«Başakşehir» turnir jadvalida öninçi örinda
«Samsunspor» ustidan qozonilgan ğalabadan söng «Başakşehir» hisobidagi oçkolar soni 14 taga yetdi. Jamoa 10 ta uçraşuvda törtta ğalaba, ikkita durang va törtta mağlubiyat qayd etib, turnir jadvalida öninçi örinni egallab turibdi.
Mazkur bahsda «Başakşehir» safida harakat qilayotgan yana bir özbekistonlik futbolçi Abbosbek Fayzullayev ham gol urdi. U ikkinçi bölimda zaxiradan maydonga tuşib, 90+1-daqiqada jamoasining beşinçi golini kiritdi.

Sofascore portali «Başakşehir» – «Samsunspor» uçraşuvida Fayzullayevni eng yaxshi futbolçi deb topdi. Maydonda 15 daqiqa harakat qilgan özbekistonlik yarim himoyaçi 10 ballik tizimda 8,4 ball bilan baholandi. Asosiy tarkibda maydonga tuşib, 83-daqiqada almashtirilgan Eldor Şomurodov esa 7,4 ball oldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eldor Şomurodov gol va assist bilan «Başakşehir»ga ğalaba keltirgani haqida xabar bergan edi.