Qaysi qozog‘istonlik bokschi Ergaşevga raqib böladi

2-noyabr 2026 10:51 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Yangiliklar muharriri m.norqobilov@kursiv.media
Foto: boxingscene.com

Qozoğistonlik jahon çempioni Törehan Sabirxan özbekistonlik professional boksçi Şohjahon Ergaşev bilan jang ötkazişi mumkin. Bu haqda Sports.kz naşri yozmoqda.

Özbekistonlik boksçi dekabr boşida Olmaotada ötkazilişi kutilayotgan IBA Nomad 17 turnirida jang qiliş istagini bildirgan. Uning çaqiruviga Rio–2016 Olimpiadasi çempioni Daniyar Yeleusinov va jahon çempioni Törehan Sabirxan javob qaytargan.

Sports.kz naşrining yozişiça, Sabirxan uçun Ergaşevga qarşi ringga çiqiş jiddiy sinov bölişi mumkin. Çunki özbekistonlik boksçi professional faoliyati davomida 29 ta jang ötkazib, 27 tasida ğalaba qozongan. Uning 24 ta ğalabasi nokaut bilan yakunlangan.

Ergaşev avvalroq birinçi yarim örta vazn toifasida jahon çempionligi uçun jang qilgan va öz divizionining yetakçi boksçilari qatoridan örin olgan.

Sabirxan esa professional boksda hozirça faqat bitta jang ötkazgan. U havaskor boksda katta yutuqlarga erişgan bölsa-da, Sports.kz muallifi professional ringdagi tajriba farqini muhim omil sifatida körsatgan.

Naşr yana bir xavf sifatida IBA Nomad turnirlarida MMA qölqoplaridan foydalanilişini qayd etgan. Bunday qölqoplarning himoya qatlami odatiy boks qölqoplariga nisbatan yupqaroq. Bu esa kuçli zarbaga ega boksçi uçun ustunlik yaratişi mumkin.

Sports.kz muallifining fikriça, Ergaşevga qarşi ehtimoliy mağlubiyat Sabirxanning professional faoliyatiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin. Şu sababli naşr unga professional boksdagi faoliyatini davom ettiriş va 2028-yilgi Los-Anjeles Olimpiadasiga tayyorlanişni maʼqul körmoqda.

Yeleusinov ham jangga tayyor

Ergaşevning çaqiruviga birinçilardan bölib Olimpiada çempioni Daniyar Yeleusinov javob qaytargan. U munosib gonorar taklif etilsa, özbekistonlik boksçiga qarşi jang qilişga tayyorligini bildirgan.

Keyinçalik Ergaşev IBA Nomad ligasidan Yeleusinov bilan jang ötkaziş taklifini olganini va bunga rozilik berganini maʼlum qildi.

«Menga IBA Nomad ligasidan Olimpiada çempioni Daniyar Yeleusinov bilan jang qiliş taklifi tuşdi. Men darhol rozi böldim. Agar u Olimpiada çempioni bölsa, demak, men u bilan jang qilaman», — dedi Ergaşev.

Sports.kz naşriga köra, Yeleusinov uçun bu jang uzoq tanaffusdan söng özini yana bir bor namoyon etiş imkoniyati bölişi mumkin. Uning professional ringdagi tajribasi Sabirxannikiga qaraganda katta.

Hozirça Ergaşevning IBA Nomad 17 turnirida aynan qaysi boksçiga qarşi jang qilişi rasman tasdiqlanmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Şohjahon Ergaşev dekabr boşida Olmaota şahrida istalgan raqib bilan jang ötkazişga tayyorligini bildirgani haqida yozgan edi. Özbekistonlik boksçi sönggi jangini 17-oktabr kuni Toşkentda ötkazilgan IBA Nomad 16 turnirida qozoğistonlik Dastan Bekenga qarşi ötkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan ğalaba qozongan.

Shuningdek