
2027-yilgi Chevrolet Equinox EV elektromobilida Normal, Sport, Snow/Ice va My Mode haydaş rejimlari taklif etiladi. Ular avtomobilning tezlanishi, rul boşqaruvi, tormoz pedali sezgirligi va ayrim boşqa tizimlarini turli şaroitlarga moslashtiradi.
Normal rejim şahar va trassadagi odatiy haydaş uçun möljallangan. Unda qulaylik va boşqaruvçanlik örtasidagi muvozanat saqlanadi.
Bu rejim avtomobil öçirilib, qayta işga tuşirilgandan keyin ham faol holatda qoladi.
Sport rejimida avtomobil yanada sezgir böladi
Sport rejimi quruq yölda faolroq haydaşni xohlaydigan haydovçilar uçun möljallangan.
Bu rejimda rul oğirligi, akselerator pedali reaksiyasi, elektromobilning sun’iy ovozi va adaptiv kruiz-nazorat sozlamalari özgaradi. Natijada avtomobil tezlanishga va rul harakatlariga tezroq javob beradi.
Sport rejimi ham avtomobil qayta işga tuşirilganda saqlanib qoladi.
Snow/Ice rejimi qorli yöllar uçun
Snow/Ice rejimi qorli va sirpançiq yöllarda boşqaruvni yaxşilaşga qaratilgan.
U akselerator pedali reaksiyasini yumşatadi, elektr töliq yuritma tizimi va rul sozlamalarini özgartiradi. Shu bilan birga, bu rejim quruq asfalt ustida işlatilganda avtomobilning tezlanishini pasaytirişi mumkin.
My Mode’da sozlamalarni haydovçi tanlaydi
My Mode rejimi haydovçiga avtomobilning ayrim xususiyatlarini öz xohişiga köra sozlaş imkonini beradi.
Tezlanish reaksiyasini Relaxed, Normal yoki Sport holatiga ötkaziş mumkin. Tormoz pedali va rul sezgirligi uçun Normal yoki Sport variantlari mavjud.
Şuningdek, salon içidagi sun’iy elektromotor ovozini Normal, Sport yoki Off holatiga sozlaş mumkin.
Sozlamalar multimedia tizimidagi Settings — Vehicle — Drive Mode Customization bölimi orqali özgartiriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq 2027-yilgi Сhevrolet Suburban 3,7 tonnagaça yuk torta olişi haqida xabar berilgandi. Modelning maksimal tortiş imkoniyati 5,3 litrli V8 benzin dvigateli, orqa ğildirakdan tortiş tizimi va Max Trailering Package bilan ta’minlanadi.