Samsung $80,5 mlrd foyda bilan rekord örnatdi

2-noyabr 2026 10:30 eʼlon qilindi

Vadim Yerzikov

Vadim Yerzikov

Bosh muharrir o‘rinbosari v.erzikov@kursiv.media
Foto: depositphotos.com

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi 2026-yilning uçinçi çoragida 107,4 trln von (taxminan $80,5 mlrd) operatsion foyda oldi. Bu kompaniya tarixidagi eng yuqori çoraklik körsatkiçdir. Samsung’ning tuşumi esa 195,3 trln von (qariyb $146,5 mlrd)ga yetdi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy hisobotida ma’lum qilindi.

Ötgan çorakka nisbatan Samsung’ning tuşumi 14 foizga, operatsion foydasi esa 20 foizga oşgan. Kompaniya ketma-ket törtinçi çorakda ham rekord natija qayd etdi.

Sun’iy intellekt foydaning asosiy manbaiga aylandi

Samsung’ning yarimötkazgiçlar ishlab çiqaruvçi Device Solutions (DS) bölinmasi uçinçi çorakda 147,1 trln von tuşum va 106,5 trln von operatsion foyda qayd etdi.

Bunday natijaga sun’iy intellekt (SI) tizimlari uçun xotira çiplariga bölgan talabning keskin oşiṣi sabab bölgan. Xususan, kompaniya HBM4 turidagi yuqori tezlikdagi xotira çiplarini yetkazib berişni sezilarli darajada köpaytirgan.

Şuningdek, serverlar uçun DRAM xotirasi va SSD qurilmalariga talab ham yuqori bölgan. Kompaniya ma’lumotlariga köra, ishlab çiqariş quvvatlarining çeklangani va server bozoridagi talabning oşiṣi xotira mahsulotlari narxining kötarilişiga olib kelgan.

Biroq Samsung’ning iste’molçi elektronikasi bilan şuğullanuvçi Device eXperience (DX) bölinmasi uçinçi çorakda 0,8 trln von operatsion zarar körgan.

2027-yilda xotira çiplari tanqisligi kuçayişi mumkin

Samsung prognoziga köra, 2027-yilda sun’iy intellekt infratuzilmasiga yönaltiriladigan investitsiyalar rekord darajaga yetadi. SI tizimlari uçun xotiraga talab esa bozordagi taklifdan sezilarli darajada yuqori bölişi kutilmoqda.

Şu sababli kompaniya HBM4, serverlar uçun DDR5 operativ xotirasi va SSD qurilmalari işlab çiqarişini kengaytirişni rejalaştirmoqda. Samsung yirik mijozlar bilan köp yillik yetkazib beriş şartnomalarini ham tuzmoqçi.

Xotira çiplariga talabning oşiṣi oddiy kompyuterlar uçun DRAM modullari va SSD qurilmalari narxlariga ham bosim ötkazişi mumkin. Biroq kompaniya iste’molçi bozorida 2027-yilgi narxlar qanday özgarişi haqida aniq prognoz bermagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan sun’iy intellektga talab oşiṣi fonida Samsung rekord foyda olişni kutayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek