Husanov maydonda bölganda ham yutqazganmiz — Kannavaro

13-noyabr 2026 09:16 eʼlon qilindi

Muhammad Hodiyev

Muhammad Hodiyev

Muxbir
Foto: UFA

Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Rossiyaga qarşi öyinda 2:0 hisobidagi ustunlik boy berilganiga jamoaning ğalabaga erta işonib qöygani va uçraşuv oxirigaça diqqatni saqlay olmagani sabab bölganini aytdi.

«Asosiy muammo şunda böldiki, biz ğalaba haqida erta öylab, işonib qöydik. Bu biz uçun juda katta dars. Öyin tugamagunça, 95 – 98 daqiqa davomida töliq diqqatni jamlaş va huşyor böliş kerak. Keçirasizlar, lekin aytişim kerak: ba’zan futbol juda rasvo böladi», – dedi italiyalik mutaxassis.

Kannavaro mağlubiyat sabablarini tuşuntirdi

12-noyabr kuni Toşkentdagi «Paxtakor» stadionida ötkazilgan örtoqlik uçraşuvida Özbekiston terma jamoasi birinçi bölimda 2:0 hisobida oldinga çiqdi. Biroq ikkinçi taymda rossiyalik futbolçilar uçta gol urib, ğalabani qölga kiritdi.

Kannavaroning aytişiça, Özbekiston uçraşuv davomida yuqori pressing qöllaşga harakat qilgan. Jamoa birinçi bölimda raqib jarima maydonçasi yaqinida 10 – 12 marta töpni olib qöygan, ammo vaziyatlardan yetarliça foydalana olmagan.

Murabbiy, şuningdek, hisobda ikki töp farqi bilan oldinda boriş futbolçilarni xotirjamlikka berilişga undaşi mumkinligini ta’kidladi. Uning fikriça, jamoa sönggi daqiqalargaça bir xil darajada diqqatli bölişi kerak edi.

Husanovning yöqligi mağlubiyatga sabab böldimi

Matbuot anjumanida Kannavarodan Abduqodir Husanov maydonda bölganida Özbekiston 2:0 hisobidagi ustunlikni saqlab qolişi mumkinmidi, deb söraldi.

«Oçiği, bunday turdagi savollarni yoqtirmayman. Husanov yaxşi futbolçi. Ammo u bölgan vaqtida ham mağlubiyatga uçraganmiz. Bugun maydonda harakat qilgan boşqa yoş öyinçilarimiz ham yaxşi öyin namoyiş etişdi. Hammasining kelajagi porloq. Mana şunday kuçli jamoalarga qarşi bahsda ular özlari uçun tajriba olişdi. Qolaversa, bugun yana ikki nafar öyinçimiz milliy jamoada debyut qildi. Ular ham yomon körinmadi. Husanov top öyinçi. Şunga qaramay, men maydondagi öyinçilarimga töliq işonaman», – dedi boş murabbiy.

U zaxiradan maydonga tuşgan futbolçilarni ham mağlubiyat uçun ayblamasligini bildirdi. Kannavaroning ta’kidlaşiça, natija uçun butun jamoa javobgar, zaxiradan tuşgan futbolçilar esa bor kuçi bilan harakat qilgan.

Özbekiston navbatdagi öyinni Saudiya Arabistoniga qarşi ötkazadi

Rossiyaga qarşi uçraşuvda Özbekiston safida Viktor Melexinning avtogoli va Behruz Karimovning goli qayd etildi. Mehmonlar safida esa Nikolay Komliçenko ikki bor, Aleksey Mirançuk bir marta raqib darvozasini işğol qildi. Natijada bahs 3:2 hisobida Rossiya foydasiga yakunlandi.

Özbekiston terma jamoasi 17-noyabr kuni Qatarning Doha şahrida Saudiya Arabistoniga qarşi navbatdagi örtoqlik uçraşuvini ötkazadi. Rossiya esa şu kuni Krasnodarda Venesuela bilan kuç sinaşadi.

Avvalroq 12-noyabr kuni Toşkentda Özbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari örtasida bölib ötgan örtoqlik uçraşuvini tojikistonlik hakamlar brigadasi boşqargani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek