Kiçik Land Rover Defender 2027-yilda işlab çiqariladi

16-noyabr 2026 08:31 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Kiçik Land Rover Defender 2027-yilda işlab çiqariladi
Foto: Land Lover

Jaguar Land Rover 2027-yil oxirida Defender oilasining yangi ixçam modelini seriyali işlab çiqarişni boşlaşni rejalaştirmoqda. Hozirça Little Defender norasmiy nomi bilan tilga olinayotgan avtomobil oiladagi boşlanğiç modelga aylanişi kutilmoqda.

Dastlab elektromobil böladi

Yangi model elektrlaştirilgan avtomobillar uçun yaratilgan EMA modulli platformasida quriladi.

Platforma ham töliq elektr, ham gibrid kuç qurilmalarini qöllab-quvvatlaydi. Biroq Little Defender dastlab töliq elektr yuritma bilan çiqarilişi kutilmoqda.

Loyiha hozir yakuniy işlab çiqiş bosqiçida.

Uzunligi 4,5 metrdan oşişi mumkin

Dastlabki ma’lumotlarga köra, avtomobil uzunligi 4,5 metrdan oşadi. U ikki elektromotor va töliq ğildirakdan tortiş tizimiga ega bölişi mumkin.

Şu bilan birga, yangi platformadagi batareya va şassi joylaşuvi sabab osma yurişi hozirgi Defender’dan qisqaroq bölişi ehtimoli bor. Bu murakkab yölsiz hududlardagi imkoniyatlarni biroz çeklaşi mumkin.

JLR yöltanlamas xarakterini saqlamoqçi

Kompaniya Little Defender’ni oddiy şahar krossoveriga aylantirmasligini ta’kidlamoqda. JLR rahbariyatiga köra, yangi model Defender oilasiga xos yuqori ötuvçanlik va yöltanlamas imkoniyatlarini saqlab qolişi kerak.

Avtomobilning taşqi körinişida ham Defender’ga xos kvadrat kuzov va burçakli dizayn elementlari işlatilişi kutilmoqda.

Biroq bunday kuzov şakli aerodinamik qarşilikni oşirib, elektromobilning yuriş zaxirasiga salbiy ta’sir qilişi mumkin.

Toyota Land Cruiser FJ bilan raqobatlaşadi

Yangi Little Defender’ning asosiy raqiblaridan biri Toyota Land Cruiser FJ bölişi kutilmoqda.

Biroq ikki model örtasida muhim farq bor. Little Defender dastlab töliq elektr qurilmasi bilan çiqişi rejalaştirilayotgan bölsa, Land Cruiser FJ’da Toyota içki yonuv dvigateliga asoslangan an’anaviy kuç qurilmalariga ustuvorlik bergan.

Little Defender’ning aniq texnik xususiyatlari, yuriş zaxirasi va narxi hozirça rasman e’lon qilinmagan.

Avvalroq «Kursiv» «Özavtosanoat» AJ yangi Damas Move va Damas Max avtomobillarining old qismi konstruksiyasi qanday vazifani bajarişi haqida video e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek