
General Motors Chevrolet S10 Max pikapini Janubiy Amerikada kengaytirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda GMAuthority naşri xabar bermoqda.
Kompaniya SAIC Maxus bilan hamkorlikni kuçaytirayotgani fonida model yana bir neçta bozorda sotuvga çiqişi mumkin. Chevrolet S10 Max SAIC Motor tarkibidagi Maxus tomonidan işlab çiqariladi. U örta ölçamli, nisbatan hamyonbop va asosan tijorat hamda iş maqsadlariga möljallangan pikap sifatida pozitsiyalangan.
Model dastlab Meksikada paydo bölgan
Chevrolet S10 Max ilk bor 2021-yil oxirida Meksikada taqdim etilgan. Bu Maxus avtomobilining Chevrolet brendi ostida sotuvga çiqarilgan dastlabki modellaridan biri bölgan.

Pikap Chevrolet Colorado va Braziliyada işlab çiqariladigan Chevrolet S10’dan pastroq segmentda joylaşgan.
Keyinçalik model boşqa bozorlarga ham çiqdi. 2025-yil boşida u Ekvadorda Chevrolet D-Max nomi bilan taqdim etilgan, keyinroq Kolumbiyada sinovdan ötayotgani qayd etilgan. Chevrolet S10 Max yaqinda Misr bozoriga ham çiqarilgan.
Janubiy Amerikada kengayiş rejalaştirilmoqda
GM Authority ma’lumotlariga köra, General Motors S10 Max’ni Janubiy Amerikaning yana bir neçta mamlakatida sotişni körib çiqmoqda.
Bunday qaror mintaqada örta ölçamli pikaplarga talab oşib borayotgani bilan boğliq.
Model hatto Braziliya bozoriga ham kirişi mumkin. U yerda Chevrolet S10 mahalliy işlab çiqariladi, S10 Max esa arzonroq boşlanğiç variant sifatida joylaştirilişi ehtimoli bor.
Chevrolet nomi saqlanib qolişi mumkin
Hozirça yangi strategiya töliq tasdiqlanmagan. Biroq manbalarga köra, asosiy bozorlarda modelning S10 Max nomi saqlab qolinişi mumkin.

Bunda Chevrolet S10 nomining Janubiy Amerikadagi tanilganligi va tijoriy muvaffaqiyatidan foydalaniş rejalaştirilmoqda.
GM va Maxus hamkorlikni kuçaytirmoqda
SAIC Group vitse-prezidenti va SAIC Maxus boş menejeri Yang Huayjing yaqinda Braziliyaga taşrif buyurib, General Motors’ning Janubiy Amerikadagi faoliyati bilan tanişgan.
GM South America prezidenti va boşqaruvçi direktori Tomas Ovsyanski Maxus kompaniyaning uzoq yillik hamkori ekanini ta’kidlagan.
Uning aytişiça, General Motors xitoylik hamkorlar bilan muloqotni yanada kuçaytiriş va hamkorlikni kengaytirişga tayyor.
Hozirça Chevrolet S10 Max qaysi yangi mamlakatlarda va qaçondan sotuvga çiqarilişi rasman e’lon qilinmagan.
Avvalroq «Kursiv» Captiva 2027 Özbekistonda ham işlab çiqarilişi haqida yozgan edi.