
Qiş faslida avtomobilni kam yuviş kuzov va metall qismlarning zanglaş xavfini oşirişi mumkin. Mutaxassislar avtomobilni odatda har 7 – 10 kunda, yöllarga reagent köp sepiladigan hududlarda esa taxminan har 5 kunda yuvişni tavsiya qilmoqda.
Bu haqda ROSSKO kompaniyasi texnik mutaxassisi Konstantin Yerşov Kursiv Kazakhstan’ga ma’lum qildi.
Faqat kuzovni yuviş yetarli emas
Mutaxassisga köra, qişda yöllarga sepiladigan tuz va kimyoviy reagentlar avtomobil kuzovida, ğildirak arkalari va pastki qismida töplanadi.
Agar tuzli namlik uzoq vaqt metall yuzada qolsa, korroziya tezlaşişi mumkin. Şu sababli yuviş vaqtida avtomobilning pastki qismi va ğildirak arkalari ham yaxşilab tozalanişi kerak.
Avtomobil yuvilgandan keyin quritilişi kerak
Yerşov avtomobilni imkon qadar iliq joyda yuvişni tavsiya qildi.
Yuvişgandan keyin eşik qulflari, rezina ziçlagiçlar va suv çiqariş tirişlarini quritiş kerak. Ayniqsa, eşik va yukxona qismidagi drenajlar berkilib qolsa, suv içki böşliqlarda töplanib, zanglaşga sabab bölişi mumkin.
Avtomobilni qor erib, tuz va reagent aralaş suv töplanadigan joylarda uzoq vaqt qoldiriş ham tavsiya etilmaydi.
Yangi avtomobilda ham korroziya xavfi bor
Mutaxassis yangi avtomobillarda zavod himoyasi yaxşi bölsa ham, böyoq qirilgan yoki metall oçilib qolgan joylarda zang paydo bölişi mumkinligini ta’kidladi.
Şuningdek, kuzovga mum yoki himoya qoplamasi surtiş foydali, biroq ular böyoği çuqur zararlangan joylarni korroziyadan töliq himoya qila olmaydi.
Avtomobilni muntazam yuviş, pastki qismini tozalaş va böyoqdagi şikastlarni vaqtida bartaraf etiş qişdan keyingi ta’mirlaş xarajatlarini kamaytirişga yordam berişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq elektromobil va gibridlarni qişga qanday tayyorlaş kerakligi haqida xabar berilgandi.