Ronaldu eng yaxşi futbolçi sovriniga da’vogar böldi

19-noyabr 2026 14:43 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Ronaldu eng yaxşi futbolçi sovriniga da’vogar böldi
Foto: Instagram/ @cristiano

Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu Globe Soccer Awards talqiniga köra Yaqin Şarqning 2026-yildagi eng yaxşi futbolçisi sovriniga nomzod böldi.

Portugaliyalik futbolçi uşbu mukofotni 2023-yildan buyon qöldan bermay kelmoqda va bu yil ham amaldagi ğolib sifatida sovrinini himoya qiladi.

Ronalduning raqiblari kimlar

Yaqin Şarqning eng yaxşi futbolçisi nominatsiyasida jami 10 nafar öyinçi qatnaşmoqda.

Ronaldu bilan bir qatorda uning «An-Nasr»dagi jamoadoşlari Joau Feliks va Sadio Mane, «Al-Hilol» futbolçisi Ruben Neves, «Al-Ahli» vakillari Ayvan Toni va Eduar Mendi, şuningdek, Yassin Bunu, Sufyan Rahimi, Xulian Kinyones va Musab al-Juvayr sovrin uçun kuraşadi.

Ğolib 28-dekabrda aniqlanadi

Globe Soccer Awards 2026 mukofotlarini topşiriş marosimi 28-dekabr kuni Birlaşgan Arab Amirliklarida bölib ötadi.

Ayni vaqtda ovoz berişning birinçi bosqiçi davom etmoqda. Muxlislar 30-noyabrgaça 12 ta nominatsiya böyiça öz tanlovini amalga oşirişi mumkin. Keyingi bosqiçda muxlislar ovozlari Globe Soccer hakamlar hay’ati ovozlari bilan birlaştiriladi.

2026-yilgi Globe Soccer Awards jami 14 ta nominatsiyani öz içiga oladi.

Avvalroq «Kursiv» Portugaliya Ronaldu ketganidan keyin 7-raqamni yangilagani haqida yozgan edi.

Shuningdek