Yangi Hyundai Elantra taqdim etildi: nimalar ma’lum

20-noyabr 2026 12:00 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Hyundai Los-Anjeles avtosalonida sakkizinçi avlod Hyundai Elantra sedanini taqdim etdi. Bu haqda Motor1 portali xabar bermoqda.
Foto: Hyundai

Hyundai Los-Anjeles avtosalonida sakkizinçi avlod Hyundai Elantra sedanini taqdim etdi. Bu haqda Motor1 portali xabar bermoqda.

2027-yilgi model avvalgisiga nisbatan kattalaşdi, yangi dizayn, kuçaytirilgan dvigatellar va Android Automotive OS asosidagi Pleos Connect multimedia tizimiga ega böldi.

Yangi Elantra global bozorlarda, jumladan Şimoliy Amerikada 2027-yil boşidan sotuvga çiqişi rejalaştirilgan. Gibrid versiya esa 2028-yilgi model sifatida taklif etiladi. Narxlar hozirça e’lon qilinmagan.

Ğildirak bazasi 30 mmga uzaydi

Yangi Elantra Hyundai’ning Art of Steel dizayn konsepsiyasida yaratilgan. Sedan uzunligi 4795 mm, kengligi 1855 mm va balandligi 1425 mm ni taşkil etadi.

Ğildirak bazasi avvalgi modelga nisbatan 30 mm ga uzayib, 2750 mm ga yetgan. Orqa qatordagi oyoqlar uçun böşliq ham 29 mm ga kengaygan.

Avtomobilning aerodinamik qarşilik koeffitsiyenti 0,26 ni taşkil qiladi.

Benzinli versiya 149 ot kuçiga ega

Bazaviy Elantra 2 litrli benzinli dvigatel bilan jihozlanadi. Uning quvvati 149 ot kuçini taşkil etadi.

Foto: Hyundai

Dvigatel IVT transmissiyasi bilan işlaydi. Hyundai ma’lumotiga köra, uşbu versiyada yoqilği sarfi Şimoliy Amerika bozori uçun 35 mpg darajasida sertifikatlangan.

Gibrid versiya kuçliroq böldi

1,6 litrli gibrid kuç qurilmasining umumiy quvvati 157 ot kuçiga yetdi. U olti poğonali ikki muftali robotlaştirilgan uzatma bilan işlaydi.

Hyundai gibrid modelda energiyani oldindan boşqariş tizimi, Smart Regeneration System 3.0 va Stay Mode funksiyalarini qöllagan. Rasmiy yoqilği sarfi böyiça EPA sertifikatlaş jarayoni hali yakunlanmagan.

Motor1 ma’lumotiga köra, gibrid versiya 53 mpg gaça, ya’ni taxminan 4,4 litr/100 km sarf körsatişi kutilmoqda.

Pleos Connect va Gleo AI

Salonda Android Automotive OS asosidagi yangi Pleos Connect multimedia tizimi paydo böldi.

Standart versiyada 12,9 dyuymli Full HD ekran örnatiladi. Ayrim bozorlarda 14,6 dyuymli displey ham taklif etiladi.

Foto; Hyundai

Tizim simsiz Apple CarPlay va Android Auto, Wi-Fi, masofaviy yangilaniş hamda Pleos App Market’ni qöllab-quvvatlaydi.

Şuningdek, avtomobilda Gleo AI ovozli yordamçisi mavjud. Hyundai’ga köra, u tabiiy nutqni va suhbat kontekstini tuşunişi, bir vaqtning özida bir neçta topşiriqni bajarişi mumkin.

Şu bilan birga, kompaniya iqlim nazorati va boşqa tez-tez işlatiladigan funksiyalar uçun jismoniy tugma va regulyatorlarni saqlab qolgan.

Sotuvlar 2027-yilda boşlanadi

Yangi Elantra global bozorlarda 2027-yil boşidan paydo bölişi kutilmoqda. Benzinli versiya avval, gibrid modifikatsiya esa keyinroq sotuvga çiqadi.

Hyundai narxlar va bozorlarga qarab aniq komplektatsiyalarni sotuv boşlanişiga yaqin e’lon qiladi.

Eslatib ötamiz, «Kursiv» yangi Hyundai Tucson avtomobilining narxlari e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek