
Xitoyda Xiaomi 18 smartfoniga oldindan buyurtmalar qabul qiliş boşlandi. Qurilmaning rasmiy taqdimoti dekabr oyida ötkazilişi kutilmoqda. Gizmoçina ma’lumotiga köra, Xiaomi Home dökonlari smartfon uçun rezervatsiyalarni qabul qila boşlagan.
Ayrim takliflarda xaridorlarga 365 kunlik almaştiriş kafolati hamda foizsiz bölib-bölib tölaş imkoniyati berilişi aytilmoqda.
100 vattli quvvatlaş kutilmoqda
Xiaomi 18 yaqinda Xitoyning 3C sertifikatlaş bazasida ham paydo bölgan. Hujjatlarda smartfonning 100 vattli simli quvvatlaşni qöllab-quvvatlaşi körsatilgan.
Avvalroq qurilmaning standart modeli dekabr oyida Xitoy bozorida taqdim etilişi haqida xabarlar tarqalgan edi.

200 megapikselli ikki kamera bölişi mumkin
Norasmiy ma’lumotlarga köra, Xiaomi 18 6,4 dyuymli tekis 1,5K ekran va Snapdragon 8 Elite Gen 6 protsessori bilan jihozlanişi mumkin.
Kamera tizimi uçta moduldan iborat bölişi kutilmoqda:
- asosiy kamera — 200 MP;
- ultra keng burçakli kamera — 50 MP;
- 3 karra optik yaqinlaştiriş imkoniyatiga ega telefoto kamera — 200 MP.
Şuningdek, qurilmaga 7200 mA·soat siğimli akkumulyator va Android 17 asosidagi HyperOS 4 tizimi örnatilişi mumkin.
Eng yuqori konfiguratsiyada 16 GB tezkor va 1 TB içki xotira taklif qilinişi kutilmoqda.
Orqa ekran bölmasligi mumkin
Xiaomi 18 Pro va Xiaomi 18 Pro Max’dan farqli ravişda standart Xiaomi 18 modelida orqa qöşimça displey bölmasligi kutilmoqda.
Avvalroq Xiaomi rahbari Ley Szyun APEC tadbirida oq rangli Xiaomi 18’ga öxşaş smartfon bilan köringan edi. Qurilmada qora rangli kamera bloki bölgan.
Hozirça Xiaomi standart Xiaomi 18 modelining global taqdimot sanasini rasman e’lon qilmagan. Biroq uning xalqaro versiyasi ayrim sertifikatlaş bazalarida qayd etilgani aytilmoqda.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Xiaomi 18 Pro va 18 Pro Max muddatidan oldin paydo bölgani haqida yozgan edi.