
GTA 6 öyini çiqarilgan ilk kunidayoq tarixdagi eng yirik köngiloçar mahsulot taqdimotlaridan biriga aylangani taxmin qilinmoqda. Sensor Tower hisob-kitoblariga köra, oldindan buyurtmalar va birinçi kun savdolari jami 24,5 mln nusxadan oşgan.
Bu Rockstar Games’ga taxminan $2,36 mlrd daromad keltirgan bölişi mumkin.
13 yillik tanaffusdan keyingi reliz
GTA 6 seriyaning oldingi asosiy qismi çiqqanidan 13 yil ötib taqdim etildi. Öyin Rockstar Games’ning qariyb 30 yillik tarixga ega Grand Theft Auto turkumining navbatdagi qismi bölib, unda asosiy qahramonlar – Lusiya va uning şerigi Jeyson tasvirlangan.
Voqealar AQŞning Florida ştatidan ilhomlangan Leonida hududida keçadi.
Kino bilan taqqoslanmoqda
BBC qayd etişiça, GTA 6’ning ilk kundagi taxminiy daromadi yirik kino relizlari bilan taqqoslanadigan darajaga yetgan.
Masalan, 2026-yilning eng köp daromad keltirgan filmlaridan biri bölgan «Spider-Man: Brand New Day» butun kinoprokat davrida $2,5 mlrd yiğgan.
GTA 6 esa şunga yaqin summani faqat oldindan buyurtmalar va birinçi kun savdolari hisobiga yiğgani taxmin qilinmoqda.
Rockstar rasmiy raqamlarni oçiqlamadi
Rockstar Games va uning boş kompaniyasi Take-Two hozirça GTA 6 savdolari böyiça aniq raqamlarni e’lon qilmagan.
Biroq kompaniyalar talabni «misli körilmagan» deb baholagan.
Şu sabab Sensor Tower keltirgan 24,5 mln nusxa va $2,36 mlrdlik körsatkiçlar hozirça mustaqil tahliliy baho hisoblanadi.
Eng qimmat videoöyin bölişi mumkin
GTA 6’ni işlab çiqiş xarajatlari $1 mlrddan oşgani taxmin qilinmoqda. Agar bu baho tasdiqlansa, öyin tarixdagi eng qimmat videoöyin loyihalaridan biriga aylanadi.
Seriya avvaldan oçiq dunyo, jinoyat syujeti va Amerika jamiyatiga satirik yondaşuvi bilan maşhur.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri GTA VI rasman çiqdi va tanqidçilardan yuqori baho olgani haqida yozgan edi.