FIDE Magnus Karlsenga qarşi intizomiy iş boşlaydi

22-noyabr 2026 10:46 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
FIDE Magnus Karlsenga qarşi intizomiy iş boşlaydi
Foto: Assaubayeva Instagram sahifasi

Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) jahon reytingi yetakçisi Magnus Karlsenning Budapeştda ötkazilgan Total Chess World Championship Tour Pilot – 2026 turnirida ayrim partiyalarni öynaşdan boş tortgani yuzasidan tekşiruv ötkaziş uçun materiallarni Etika va intizom komissiyasiga yuboradi. Bu haqda FIDE bayonotida xabar berildi.

Federatsiya norvegiyalik grossmeysterning harakatlarini musobaqa qoidalariga zid deb baholagan.

Karlsen nima uçun partiyalarni öynaşdan boş tortdi

10 – 20-noyabr kunlari Vengriya poytaxti Budapeştda ötkazilgan musobaqada Karlsen bir neça marta rejalaştirilgan partiyalarga çiqmagan.

Xususan, u qozoğistonlik Bibisora Assaubayevaga qarşi bahsda blits va rapid natijalaridan söng ğalabani muddatidan oldin ta’minlab, tezlaştirilgan klassik şaxmat formatidagi sönggi ikkita partiyani öynamagan.

Ikki kunlik qarama-qarşilik Karlsenning 21,5:18,5 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan.

Keyingi bosqiçda esa Karlsen rossiyalik Vladislav Artemyevga qarşi bahsda ham uçta rejalaştirilgan partiyani öynaşdan boş tortgan. Bu vaqtda uçraşuv ğolibi hali aniqlanmagan edi.

Natijada qarama-qarşilik tay-brekka ötgan. Karlsen armageddon partiyasida ğalaba qozonib, musobaqani 17-örinda yakunlagan.

FIDE Karlsenning harakatlarini tanqid qildi

Federatsiya bayonotida ayrim öyinçilar natija oldindan aniq bölganidan keyin qolgan partiyalarni öynamagani, bu esa musobaqa reglamentini buzganligi qayd etilgan. Biroq Karlsenning Artemyevga qarşi uçraşuvdagi harakatlari alohida tanqid qilindi.

«Bunday xatti-harakatlar halol öyin va adolatli raqobat tamoyillariga putur yetkazadi. Bu professional şaxmatning eng yuqori darajasida ilgari kuzatilmagan holat», – deyiladi FIDE bayonotida.

Federatsiya Karlsenning jahon şaxmatidagi mavqeyini inobatga olib, bunday harakatlar musobaqa nufuziga salbiy ta’sir körsatişi mumkinligini ta’kidlagan.

Şu sababli tegişli materiallar FIDE Etika va intizom komissiyasiga mustaqil baholaş uçun yuboriladi. Komissiya şaxmatçining harakatlarida intizom kodeksi buzilgan yoki buzilmaganini örganadi.

Assaubayeva turnirni 20-örinda yakunladi

Qozoğistonlik Bibisora Assaubayeva Karlsen bilan bahsdan söng 19-örin uçun amerikalik Endryu Hongga qarşi öynadi.

U mazkur uçraşuvda mağlubiyatga uçrab, turnirni 20-örinda yakunladi va $14 ming mukofot puli oldi.

Budapeştdagi musobaqada Alireza Firuzja birinçi, Aniş Giri ikkinçi va Fabiano Karuana uçinçi örinni egalladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov qozoğistonlik şaxmatçi Bibisora Assaubayevaning Budapeştda ötkazilayotgan Total Chess World Championship Tour Pilot – 2026 turniridagi iştirokiga yuqori baho bergandi.

Shuningdek