
Qozoğistonlik şaxmatçi Bibisora Assaubayeva jahon çempionligi uçun Gukeş Dommarajuga qarşi bahs olib boradigan özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarovni qöllab-quvvatlaş maqsadida Şveysariyaning Jeneva şahriga yetib bordi.
Assaubayeva Instagram sahifasida jahon çempionligi uçun bahs ötkaziladigan joydan suratlar e’lon qildi.

Qozoğistonlik şaxmatçi Martin Bodmer jamğarmasi muzeyidagi öyin zalidan bir neçta suratni Instagram Stories’ga joylaştirdi.
Suratlarda u Sindarov va Gukeşning ismlari yozilgan stol yonida turibdi. Şuningdek, Assaubayeva Sindarov bilan birga tuşgan suratini ham ulaşgan.

Şaxmatçi suratlaridan biriga qora piyoda va qizil yurak belgilarini qöşgan.
Avvalroq Assaubayeva va Sindarov örtasida romantik munosabatlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Sports.kz ma’lumotiga köra, juftlik jahon çempionligi bahsidan söng töy ötkazişni rejalaştirmoqda.
Sindarov va Gukeş bahsi qaçon boşlanadi
Jahon şaxmat toji uçun bahsning oçiliş marosimi 22-noyabr kuni Jenevada bölib ötadi. Birinçi klassik partiya esa 24-noyabrga belgilangan.
Sindarov va amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju 14 ta klassik partiyada özaro kuç sinaşadi.
Bahslar 12-dekabrga qadar davom etişi rejalaştirilgan. Musobaqaning umumiy sovrin jamğarmasi $2,5 mlnni taşkil etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Javohir Sindarov jahon reytingida Magnus Karlsen bilan farqni qisqartirgani haqida xabar berilgandi.