
20-noyabr kuni 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Jahon çempionati «E» guruhi 1-turi doirasida Özbekiston terma jamoasi Kot-d’Ivuarga qarşi bahs olib borib, 2:1 hisobida mağlubiyatga uçradi.
Uçraşuv tafsilotlari va gollar
Toşkent vaqti bilan soat 21:00 da boşlangan bahsda hisob 7-daqiqada Kot-d’Ivuar vakili H. Yao tomonidan oçildi. Ikkinçi bölim boşida, 51-daqiqada Murodovning uzatmasidan söng Hakimov muvozanatni tikladi. Biroq uçraşuv yakunlanişiga ikki daqiqa qolganida — 88-daqiqada Diarrassouba ğalaba töpini kiritdi.

Guruhdagi vaziyat va keyingi öyinlar
1-tur yakunlariga köra, «E» guruhida Yamaykani 6:0 hisobida yenggan Italiya terma jamoasi 3 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda. Kot-d’Ivuar ham 3 oçko bilan ikkinçi örinda bormoqda. Özbekiston uçinçi, Yamayka esa törtinçi poğonadan joy olgan.
Özbekiston U17 terma jamoasi guruh bosqiçidagi navbatdagi uçraşuvini 23-noyabr kuni soat 18:00 da Yamaykaga qarşi ötkazadi. 3-tur doirasidagi Italiya bilan öyin esa 26-noyabr kuni soat 19:00 ga belgilangan.
Avvalroq Kursiv naşri Qatarda U-17 jahon çempionati boşlangani haqida xabar bergan edi.