
Xitoyda Leapmotor B03X elektromobilining pol ostidagi yuk saqlaş bölimi ortiqça yuk sabab deformatsiyalanib, harakat vaqtida avtomobildan uzilib tuşgani aks etgan video tarqaldi. Bu haqda CarNewsChina xabar berdi.
Xitoy bozorida A10 nomi bilan sotiladigan B03X egasining aytişiça, u pol ostidagi bölimga bir neça quti pivo joylaştirgan. Harakat davomida plastik bölim deformatsiyalanib, pastga tuşib ketgan.
Yuk bölimi 40 kg gaça möljallangan
Leapmotor hodisa böyiça alohida rasmiy bayonot bermagan. Biroq kompaniya vakillari va dilerlar uşbu bölim uçun maksimal yuk 40 kg etib belgilanganini eslatgan.
Xitoy OAV ma’lumotiga köra, bu çeklov avtomobilning butun yukxonasi uçun emas, faqat pol ostidagi alohida saqlaş bölimiga tegişli.
B03X foydalanuvçi qöllanmasida ham mazkur bölimni ortiqça yuklamaslik kerakligi qayd etilgan.
Bölim plastikdan tayyorlangan
Avtomobilning pol ostidagi saqlaş qismi an’anaviy avtomobillardagi zaxira ğildirak joyiga öxşaydi. Biroq B03X’da bu element metalldan emas, plastikdan tayyorlangan.
CarNewsÇina taxminiga köra, ortiqça yuk va yöl tebranişlari birgalikda plastik elementning deformatsiyalanişiga va oxir-oqibat uzilib tuşişiga sabab bölgan bölişi mumkin.
Leapmotor dilerlari esa boşqa mijozlardan şunga öxşaş muammo yuzasidan murojaatlar kelib tuşmaganini bildirgan.
Ayrim egalari konstruksiyani mustahkamlamoqda
Xitoydagi ayrim B03X egalari pol ostidagi bölimni himoya qiliş uçun metall tirgaklar yoki plastik himoya panellari örnatmoqda.
Biroq bunday özgartirişlarning yuk kötariş imkoniyatini sezilarli oşirişi hozirça tasdiqlanmagan.
B03X Xitoyda ommabop modelga aylandi
Leapmotor B03X Xitoyda A10 nomi bilan 65,8 mingdan 92,8 ming yuangaça, ya’ni taxminan $9,9 mingdan $13,9 minggaça narxda sotiladi.
Model 70 kVt va 90 kVt quvvatli elektr motorlar bilan taklif etiladi. Kiçikroq versiya 39,8 kVt/soatli batareya bilan CLTC siklida 403 km, yuqori komplektatsiya esa 53 kVt·soatli batareya bilan 505 km gaça masofa bosib ötişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Leapmotor Lafa 5 avtomobili sotuvga çiqayotgani haqida yozgan edi.