
22-noyabr kuni Jenevadagi BMT Millatlar saroyida 2026-yilgi şaxmat böyiça jahon çempionligi bahsi oldidan rasmiy matbuot anjumani ötkazildi. Amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju va jahon toji uçun da’vogar Javohir Sindarov jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Sindarov jahon çempionligi uçun kuraşiş imkoniyatini faoliyatidagi eng muhim voqealardan biri deb atadi va oldinda turgan bellaşuvdan zavq olişga harakat qilişini bildirdi.
«Menda esa bu imkoniyat bor»
Javohir Sindarov Nomzodlar turniridagi ğalabasidan keyingi olti oy qanday ötganini esladi. Uning aytişiça, vaqt u kutganidan ança tez ötgan.
«Jahon toji uçun kuraşişdan juda xursandman. Köp şaxmatçilar butun umr şaxmat öynab ham bunday imkoniyatga ega bölmaydi. Menda esa bu imkoniyat bor. Bu imkoniyatdan imkon qadar zavq olişga harakat qilaman», – deya qayd etdi Sindarov.
Gukeş: «Unvonni qaytadan qölga kiritiş uçun keldim»
AFP jurnalisti Gukeşdan jahon çempionligi unvonini himoya qiliş uni qölga kiritişdan qiyinroqmi, deb söradi.
Hindistonlik şaxmatçi bunga qisqa javob berdi.
«Men bu yerga biror narsani himoya qiliş uçun kelganim yöq. Men unvonni qaytadan qölga kiritiş uçun keldim».
Sindarov imkoniyatlarni 50:50 deb baholadi
Nomzodlar turniri oldidan öz imkoniyatlarini 15 foiz deb baholagan Sindarovdan endi Gukeşga qarşi bellaşuv oldidan nisbat qanday ekani söraldi.
«Menimça, 50:50 deyiş töğri böladi. Bu juda qiyin bahs va 14 partiyada har narsa röy berişi mumkin», – dedi Sindarov.

Raqiblar bir-birini qanday baholadi
Gukeş Sindarovning barqaror va kuçli öyinini alohida ta’kidladi. Uning fikriça, özbekistonlik grossmeyster hozir faoliyatidagi eng yaxşi formalaridan birida va unga qarşi kuraş jiddiy sinov böladi.
Sindarov esa Gukeşning 2024-yildagi natijalarini «fantastik» deb atadi.
U bu yil Tata Steel turnirida Gukeşga qarşi öynaganida raqibining qançalik kuçli ekanini his qilganini aytdi. Şuningdek, hindistonlik şaxmatçining partiyaning oxirigaça kuraşa oliş qobiliyatini alohida e’tirof etdi.
Ikki şaxmatçi — ikki xil tayyorgarlik
Sindarov Nomzodlar turniridan keyin ham köp musobaqalarda qatnaşganini tajriba orttiriş istagi bilan izohladi.
U faoliyatida hali bunday darajadagi kuçli turnirlarda yetarli darajada köp öynamaganini aytib, musobaqalarda faol qatnaşiş qaroridan mamnun ekanini bildirdi.
Gukeş esa jamoasi bilan 2026-yilda turnirlar sonini kamaytirişga qaror qilgan. U Sindarovning köproq musobaqalarda qatnaşganidan hayron bölmaganini aytdi.
Sindarovga kimlar yordam beryapti
Javohir jahon çempionligi bahsiga tayyorgarlik jarayonida unga Roman Vidonyak, Muhiddin Madaminov va Nikita Vityugov yordam berayotganini ma’lum qildi.
Sindarov jamoasining boşqa a’zolari kim ekanini bellaşuv yakunlanganidan keyin oçişini aytdi.
Gukeş esa Grjegoj Gajevski bilan işlayotganini tasdiqladi. U ham qolgan yordamçilari haqida keyinroq ma’lumot berişini bildirdi.

«2025-yilgaça jiddiy işlamaganman»
Bolalikda şaxmat uçun nimalardan voz keçgani haqida söralganida Sindarov öz iste’dodiga doimo işonganini, biroq 2025-yilgaça şaxmat ustida jiddiy işlamaganini aytdi.
«Har qanday öyinda doim ğalaba qozonişga intilaman. Şaxmat ustida jiddiy işlaşni boşlaganimdan keyin kuçaydim», – dedi Sindarov.
U sönggi ikki yil davomida köp mehnat qilganini ta’kidlab, yoş şaxmatçilarga özlari sevgan sohada muntazam işlaşni maslahat berdi.
Gukeş esa bolaligida maktabga deyarli bormaganini, ammo bugungi hayotidan mamnun ekanini bildirdi.
«Kimligingni unutma»
Gukeş sönggi oylarda eşitgan va xotirasida qolgan eng muhim maslahatlardan birini ham aytdi:
«Kimligingni unutma».
U bu sözlarni jahon çempionligi bahsi davomida ham yodda tutişini bildirdi.
Sindarov esa qiyin vaziyatlarda unga, birinçi navbatda, döstlari va oilasi yordam berişini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, yaqinlarning qöllovisiz yuqori sport natijalariga erişiş juda qiyin.

Sindarov ğalaba qozonsa, nima qiladi
Jurnalistlar Javohirdan jahon çempioni bölsa qanday va’da berişi yoki nima qilişi haqida ham söradi.
Sindarov hozirça kelajak uçun va’da beriş niyatida emasligini bildirdi.
«Hozir faqat keyingi 20 kunga diqqatimni qaratib, özimning eng yaxşi şaxmatimni körsatişni xohlayman. Keyin nima bölişini köramiz», – dedi Sindarov.
Jahon toji uçun bahs 24-noyabrda boşlanadi
Javohir Sindarov va Gukeş Dommaraju örtasidagi şaxmat böyiça jahon çempionligi bellaşuvi 24-noyabr kuni Jeneva yaqinidagi Kolonyi şaharçasida, Martin Bodmer fondida boşlanadi.
Jahon toji uçun kuraş 14 ta klassik partiyaga möljallangan.
Avvalroq qur’a natijasiga köra, Sindarov birinçi partiyani oq donalarda, Gukeş esa qora donalarda ötkazişi ma’lum bölgan edi.