Samsung Galaxy A56 va A26 uçun xavfsizlik yangilanişini çiqardi

23-noyabr 2026 07:20 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy A56 va A26 uçun xavfsizlik yangilanişini çiqardi
Foto: Sammobile

Samsung Galaxy A56 va Galaxy A26 smartfonlari uçun 2026-yil noyabr xavfsizlik yangilanişini tarqatişni boşladi. Bu haqda Sammobile xabar berdi.

Yangilaniş avvalgi dasturiy ta’minotda aniqlangan 179 ta xavfsizlik muammosini bartaraf etadi. Bu Galaxy A56 va A26 uçun One UI 9.0 hamda Android 17 yangilanişidan keyingi ilk xavfsizlik paketi hisoblanadi.

Yangilaniş global miqyosda tarqatilmoqda

Galaxy A56 uçun yangilaniş A566BXXSFDZK1, Galaxy A26 uçun esa A266MUBSDDZK1 proşivka raqami bilan çiqmoqda. Samsung uni bosqiçma-bosqiç turli bozorlarda tarqatmoqda.

Galaxy A56 uçun A566BXXSFDZK1 proşivkasi Android 17 asosida işlaydi va 2026-yil 5-noyabr xavfsizlik yamoğini öz içiga oladi.

Foto: Samsung

Qanday xavfsizlik muammolari tuzatildi

Samsung’ning noyabr xavfsizlik paketi Android va Galaxy qurilmalariga xos zaifliklarni bartaraf etadi. Ular orasida Exynos çiplar va modemlar, yuklaş tizimi, ekran qulfi, SIM himoyasi, şuningdek, qönğiroqlar, kontaktlar va xabarlar bilan boğliq kamçiliklar bor.

Yangilanişda Google tomonidan taqdim etilgan Android xavfsizlik tuzatişlari bilan birga Samsung’ning öz qurilmalariga tegişli zaifliklar uçun ham yamalar kiritilgan.

Yangilanişni qanday tekşiriş mumkin

Agar yangilaniş haqida bildirişnoma kelmasa, foydalanuvçilar smartfon sozlamalaridagi «Dasturiy ta’minotni yangilaş» bölimiga kirib, yangilaniş mavjudligini qölda tekşirişi mumkin.

Galaxy A56 va Galaxy A26 kelajakda One UI 9.5 yangilanişini ham olişi kutilmoqda. Hozirça uşbu ikki model uçun beta dastur boşlaniş sanasi ma’lum qilinmagan.

Avvalroq «Kursiv» Samsung Galaxy S26 Ultra yangilanişi haqida yozgan edi.

Shuningdek