
Özbekistonda avtomobil egasi transport vositasini boşqa şaxsga boşqariş uçun berayotganda işonçnomani notariusga bormasdan My.gov.uz orqali elektron şaklda rasmiylaştirişi mumkin.
Xizmat jismoniy şaxslarga tegişli avtomototransport vositalari uçun möljallangan. Elektron işonçnoma QR-kod bilan şakllantiriladi va notarial tasdiqlangan işonçnoma bilan bir xil yuridik kuçga ega.
Elektron işonçnoma qança turadi?
2026-yil noyabr holatiga My.gov.uz portalida xizmat narxlari quyidagiça:
- 1 oygaça — 79 200 söm;
- 6 oygaça — 396 000 söm;
- 3 yilgaça — 792 000 söm.
Mos ravişda bu BHMning 0,18, 0,9 va 1,8 baravariga teng.
Işonçnoma muddati keyinçalik uzaytirilmaydi. Amal qiliş muddati tugagaç, zarurat bölsa yangidan rasmiylaştiriş kerak.
Işonçnomani qanday oliş mumkin?
Buning uçun avvalo My.gov.uz portalidagi «Avtotransport boşqaruvi uçun elektron işonçnoma» xizmatiga kiriladi.
Keyingi tartib quyidagiça:
- My.gov.uz’da avtorizatsiyadan ötiladi.
- Işonçnoma beriladigan avtomobil tanlanadi.
- Avtomobilni boşqaradigan şaxs yoki şaxslar körsatiladi.
- Işonçnomaning amal qiliş muddati — 1 oy, 6 oy yoki 3 yil — tanlanadi.
- Tizim şakllantirgan invoys böyiça tölov amalga oşiriladi.
- Tölovdan söng QR-kodli elektron işonçnoma avtomatik ravişda şakllanadi.
My.gov.uz ma’lumotiga köra, jarayon avtomatik tarzda amalga oşiriladi va xizmatdan foydalaniş uçun alohida hujjat topşiriş talab etilmaydi.

Işonçnomaga kiritiladigan şaxslar soniga çeklov belgilanmagan.
Elektron işonçnoma qayerga keladi?
Tölov amalga oşirilgaç, işonçnoma «Notarius» axborot tizimida röyxatdan ötadi va QR-kod bilan real vaqt rejimida şakllantiriladi.
U avtomobil egasining My.gov.uz’dagi şaxsiy kabinetiga yuboriladi. Işonçnoma berilgan şaxsning My.gov.uz kabineti mavjud bölsa, hujjat u yerda ham körinişi mumkin.
Ma’lumotlar avtomatik tarzda Içki işlar vazirligining axborot tizimiga ham yuboriladi.
Yaqin qarindoşga ham işonçnoma kerakmi?
Har doim ham emas. Amaldagi tartibga köra, avtomobil egasining ota-onasi, eri yoki xotini, farzandlari, aka-ukalari va opa-singillari avtomobilni boşqarişi uçun notarial işonçnoma talab qilinmaydi.
Buning uçun ularning ma’lumotlari majburiy suğurta polisida körsatilgan bölişi yoki suğurta polisi haydovçilar soni böyiça çeklanmagan bölişi kerak.
Demak, masalan, avtomobilni ukangiz yoki turmuş örtoğingizga berayotgan bölsangiz, avvalo suğurta polisini tekşiriş kerak. Agar şaxs polisga kiritilgan bölsa yoki polis çeklanmagan bölsa, alohida notarial işonçnoma talab qilinmaydi.
Suğurta polisiga qanday talab bor?
Elektron işonçnomani My.gov.uz orqali rasmiylaştirişning özida suğurta polisi hujjatini yuklaş talab qilinmaydi. Portal xizmat uçun alohida hujjat talab etilmasligini körsatadi.
Biroq avtomobilni amalda boşqarişda majburiy suğurta talablari saqlanadi.
Agar OSAGO polisi çeklangan bölsa, avtomobilni boşqaradigan şaxsning ismi polisda körsatilişi kerak. Agar polis haydovçilar soni böyiça çeklanmagan bölsa, bunday alohida kiritiş talab etilmaydi.
Şuningdek, haydovçida tegişli toifadagi amaldagi haydovçilik guvohnomasi bölişi şart.
Jarimalar kimning nomiga keladi?
Bu yerda 2026-yildan amal qilayotgan yana bir muhim tartib bor.
2026-yil 1-apreldan avtomobil işonçnoma yoki boşqa asosda boşqa şaxsga berilganda, kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar böyiça javobgarlikni haqiqiy haydovçiga ötkaziş imkoniyati My.gov.uz’da joriy qilingan.
Buning uçun avtomobil egasi haydovçini portal orqali alohida röyxatdan ötkazişi, haydovçi esa arizani tasdiqlaşi kerak. Aks holda jarima va jarima ballari avtomobil egasining nomiga kelişi mumkin.
Şuning uçun işonçnoma rasmiylaştirişning özi jarimalarni avtomatik ravişda boşqa şaxsga ötkazadi, deb hisoblaş töğri emas.
Işonçnomani qanday bekor qiliş mumkin?

Elektron işonçnomani uning amal qiliş muddati tugaşini kutmasdan istalgan vaqtda bekor qiliş mumkin.
Buning uçun My.gov.uz’dagi «Avtotransport boşqaruvi işonçnomasini bekor qiliş» xizmatidan foydalaniladi.
- Xizmat:
- bepul;
- avtomatik tarzda amalga oşiriladi;
- qöşimça hujjat talab qilmaydi.
Bekor qiliş uçun elektron işonçnomaning röyxatga oliş raqami kerak böladi.
Bekor qilingaç, bu haqdagi ma’lumot «Notarius» tizimi va IIV axborot bazasiga real vaqt rejimida yuboriladi. Avtomobil egasi hamda işonçnoma berilgan şaxslarning My.gov.uz kabinetlariga xabarnoma jönatiladi.
Muhim: işonçnoma muddatidan oldin bekor qilinsa, uni rasmiylaştiriş uçun ilgari tölangan davlat boji qaytarilmaydi.
Elektron işonçnoma bilan avtomobilni sotiş mumkinmi?
Yöq. Mazkur xizmat avtomobilni boşqariş huquqini beriş uçun möljallangan. U avtomobilni sotiş yoki boşqariş vakolatini yana boşqa şaxsga topşiriş huquqini bermaydi.
Şu sabab avtomobilni sotiş, hadya qiliş yoki boşqa mulkiy vakolatlarni beriş kerak bölsa, boşqa turdagi notarial hujjat rasmiylaştiriladi.
Avvalroq «Kursiv» soliqni tekşiriş böyiça qöllanmani e’lon qilgan edi.