
Honor Xitoyda yangi Honor 700 smartfonlar seriyasini taqdim etdi. Unga Honor 700S, Honor 700 va Honor 700 Pro modellari kirdi.
Seriya 9000 mA/soatli batareya, 80 Vt tezkor quvvatlaş, orqa paneldagi ikkilamçi ekran va IP69K darajasidagi himoya bilan jihozlangan.
Orqa panelda 1,59 dyuymli ekran
Honor 700 seriyasining asosiy öziga xos jihatlaridan biri — 1,59 dyuymli AI ikkilamçi ekran.
Unda bildirişnomalar, animatsiyalar, virtual uy hayvonlari va foydalanuvçi yaratgan dizaynlarni körsatiş mumkin. Honor ma’lumotiga köra, foydalanuvçi sun’iy intellekt yordamida bir jumla orqali orqa ekran uçun individual stiker ham yaratişi mumkin.
Orqa ekran asosiy kamera bilan selfi olişda vizör vazifasini ham bajaradi. Qurilmada yumşoq yoruğlik beruvçi halqa mavjud bölib, Honor uni 200 MP asosiy kamera yordamida orqa ekran orqali selfi oliş imkonini beruvçi yeçim sifatida taqdim etdi.
Yurak urişi va qondagi kislorodni ham ölçaydi

Orqa ekranda PPG sensori ham mavjud.
- U orqali taxminan bir daqiqada:
- yurak uriş tezligi;
- qondagi kislorod darajasi;
- yurak urişi variabelligi — HRV
kabi körsatkiçlarni ölçaş mumkin. Tizim uşbu ma’lumotlardan stress va hissiy holatni baholaş uçun ham foydalanadi.
9000 mA/soatli batareya
Seriyadagi barça uçta model 9000 mA·soatli Qinghai Lake batareyasi bilan jihozlangan.
Ularning barçasi 80 Vt simli tezkor quvvatlaşni qöllab-quvvatlaydi. Honor 700 Pröda esa qöşimça ravişda 50 Vt simsiz quvvatlaş mavjud.
Smartfonlarning qalinligi 7,96 mm, oğirligi esa 211 grammni taşkil qiladi. Şuningdek, ular IP68, IP69 va IP69K standartlariga muvofiq çang va suvdan himoyalangan.
200 MP asosiy kamera

Honor 700 va Honor 700 Pröda 200 MP, 1/1,56 dyuymli asosiy kamera örnatilgan.
Unga 12 MP ultra keng burçakli modul va 3,5 karra optik yaqinlaştirişga ega 50 MP periskop telekamera qöşilgan.
Honor 700 va 700 Pro G200 taşqi telefoto linzasini ham qöllab-quvvatlaydi. Kompaniya ma’lumotiga köra, u bilan 15 karra yaqinlaştiriş rejimida suratga oliş mumkin.
Uç model — uç xil Snapdragon
- Honor 700 seriyasida protsessorlar modelga qarab farq qiladi:
- Honor 700S — Snapdragon 7 Gen 4;
- Honor 700 — Snapdragon 8s Gen 4;
- Honor 700 Pro — Snapdragon 8 Gen 5.
Barça modellar Honor’ning C3 radioçastota çipi bilan jihozlangan.
Asosiy displey 6,57 dyuymli, 1,5K aniqlikdagi va 120 Gts yangilaniş çastotasiga ega paneldan iborat.
Narxlari qança?
Xitoy bozorida Honor 700S narxi 3399 yuandan, taxminan $510 dan boşlanadi. Honor 700 uçun boşlanğiç narx 3699 yuan — qariyb $555, Honor 700 Pro esa 4599 yuan — taxminan $690 dan taklif etiladi.
Eng yuqori xotirali Honor 700 Pro 16/512 GB versiyasining narxi 5599 yuan, ya’ni qariyb $840 ni taşkil qiladi.
Avvalroq «Kursiv» Honor 700 seriyasi qanday kameraga ega bölişi haqida yozgan edi.