Yangiliklar

Angrendagi bolalar bog‘chasi ommaviy zaharlanishdan so‘ng tekshiriladi, zaharlanganlar soni 31 nafarga yetdi

Maktabgacha ta'lim muassasasi vaqtincha ishlamaydi

Avvalroq ommaviy zaharlanish qayd etilgan Angren shahridagi 10-sonli bolalar bog‘chasida 240 nafar tarbiyalanuvchining barchasi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va aholi salomatligini muhofaza qilish qo‘mitasi matbuot xizmati.

Foto: Maktabgacha ta’lim agentligi

Maktabgacha ta’lim muassasasi vaqtincha o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Zaharlangan bolalar soni 31 nafarga yetdi. Oldin 24 nafar bemor qayd etilgan edi.

Jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan, 7 nafari sog‘lig‘i yaxshilanganidan keyin chiqarilgan.

Mutaxassislar bemorlardan namunalar olib, bolalar bog’chasi omboridagi mahsulotlarni tekshirishadi. Qo‘mita vaziyatni nazoratga oldi.