23-noyabr kuni O‘zbekiston Markaziy bank Amerika valyutasining kursini 12 304,98 so‘m etib belgiladi. Dollarning kursi 15,95 so‘mga ko‘tarildi.
Bugun banklar dollarni 12 230 – 12 290 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 330 – 12 365 so‘mdan sotishmoqda.
Oxus universitetida moliyaviy ishlar bo’yicha prorektori, moliyaviy iqtisod professori Xayot Saydaliyev prognoziga ko‘ra 2024 yilning birinchi choragi yakuniga AQSh valyutasining kursi 13 150 so‘mni tashkil qilishi mumkin.
Avvalroq, «Kursiv» 22-noyabr kuni dollar 18,96 so‘mga qimmatlashgani haqida yozgan edi.