Fransiyadagi siyosiy saylovlar o‘zining qizg‘in pallasiga yetdi. Bu haqda «Aljazeera» xalqaro nashri xabar berdi.
Saylovga ko‘ra, o‘ta o‘ngchi Rassemblement National partiyasi mamlakatda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovlarining birinchi bosqichida g‘alaba qozondi. Saylov natijalariga ko‘ra, 28 yoshli Jordan Bardella boshchiligidagi o‘ta o‘ngchi RN partiyasi 34 foizga yaqin ovozga ega bo‘ldi. Siyosiy tahlilchilar buni «RN deyarli hokimiyat ostonasida», deya izohladi.
Taxminlarga ko‘ra, So‘l qanot «Yangi xalq fronti» (NFP) partiyasi 29 foizga yaqin, prezident Emmanuel Makronning markazchi «Ansambl» partiyasi esa 20,5 foiz ovozga ega bo‘lishi kerak edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya kompaniyasining Xorazm viloyatida quyosh elektr stansiyasini qurishi haqida xabar bergan edik.