Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri 2025-yilda Islom birdamlik o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Ushbu qaror Albaniya poytaxti Tirana shahrida o‘tkazilgan Islom birdamlik sport assotsiatsiyasining sessiyasida rasman tasdiqlandi. Bu haqda Milliy Olimpiya Qo‘mitasi (MOQ) xabar berdi.
Musobaqa 2025-yil 7–21-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi va unda 13 ta olimpiya, to‘rtta noolimpiya, uchta paralimpiya va bitta milliy sport turi bo‘yicha bellashuvlar tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil Turkiyaning Konya shahrida o‘tgan o‘yinlarda O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ruslan Nurudinov uchinchi chempionlikni qoʻlga kiritgani haqida yozgan edi.