Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Toʻlqin Qilichev Osiyoda yilning eng yaxshi murabbiy deb topildi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Shuningdek, kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempioni Feruza Kazakova U22 yosh toifasida, oʻsmirlar oʻrtasida qit’a chempioni Maftuna Yangiyeva ham oʻz yosh toifalarida eng yaxshi deb e’tirof etilgan.
Shu bilan birga, Osiyo boks konfederatsiyasi Oʻzbekiston terma jamoasining «Parij – 2024» yozgi Olimpiya oʻyinlarida qit’a sharafini munosib himoya qilgani uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilda oʻzbek sporti qanday voqeliklar bilan esda qolgani haqida maqola tayyorlagan edi.