BYD Yangwang U9: o‘zi harakatlanadigan va sakray oluvchi superkar

7-yanvar 2025 14:36 eʼlon qilindi

(8-yanvar 2025 00:54 yangilandi)
Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Skrinshot

BYD Yangwang U9 superkari yangi innovatsiyalar bilan e’tiborni tortmoqda. Kompaniya avtomobilning turli to‘siqlardan sakrab o‘tishini aks ettiruvchi video e’lon qildi. Bu haqda Carnewschina nashri malim qildi.

Yangwang – BYD kompaniyasining premium elektr brendi hisoblanadi. U9 modeli esa U8 SUV’dan keyin taqdim etilgan ikkinchi avtomobilidir.

U9 Disus X osma tizimi tufayli chuqurliklardan sakray oladi. Avtomobil 120 km/soat tezlikda uchuvchisiz sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Test paytida avtomobil suv bilan to‘ldirilgan 2,5 metrli chuqurchadan sakrab o‘tdi. Sakrash uzunligi 6 metrdan oshdi.

Keyingi to‘siq balandligi 3,5 santimetr bo‘lgan yo‘l boshoqlari edi. Disus X tizimi bu to‘siqni ham muvaffaqiyatli bartaraf etdi. Yangwang U9 to‘rtta elektromotor bilan jihozlangan va 960 kVt quvvat ishlab chiqaradi. U 2,36 soniyada 0-100 km/soat tezlikka erishadi.


Superkar 2024-yil fevral oyida Xitoyda sotuvga chiqarilgan va avgust oyidan boshlab yetkazib berilmoqda.

Yangwang U9 800V arxitekturaga ega va 10 daqiqada 30% dan 80% gacha quvvatlanadi. Batareya quvvati 80 kVt/soatni tashkil qiladi, bu 465 km masofani bosib o‘tish imkonini beradi. U9 lityum temir fosfat (LFP) batareyasi bilan jihozlangan, bu arzonroq va ishonchliroq hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BYD Hiace 05 EV: Yangi zamonaviy krossover e’lon qilingani haqida xabar berdi.

Shuningdek