![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-200-1024x683.png)
Chevrolet kompaniyasining Meksikadagi bo‘limi tez orada bozorda paydo bo‘ladigan yangi budjetli elektromobilning rasmiy tizerlarini e’lon qildi. Taxminlarga ko‘ra, biz Chevrolet Spark elektromobili haqida gapiramiz.
Ushbu nom ostida Xitoyning Baojun Yep Plus avtomobili jahon bozorida sotiladi, unga Chevy emblemasi va nom plitalari yopishtiriladi.
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-202.png)
Ushbu model 101 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlanishi kutilmoqda. Quvvati 41,9 kVt/soat bo‘lgan akkumulyator, bir marta quvvatlanganda 401 kilometrgacha masofani bosib o‘tish imkonini beradi.
Qizig‘i shundaki, to‘rt eshikli versiya aftidan Lotin Amerikasida sotiladi. Xitoyda model ikki eshikli versiyada taqdim etiladi.
Avtomobil ishlab chiqaruvchining Meksika bo‘limi narxlarni hali e’lon qilmagan. Biroq ekspertlarning fikricha, Chevrolet Spark EUV BYD Dolphin Mini – $15 mingga va SEV E-WAN Cross – $19 mingga – elektromobillarning bevosita raqobatchisiga aylanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Cadillac eng arzon elektr krossoveri Optiq’ni yetkazib berishni boshlagani haqida xabar bergan edi.