Xitoy avtomobil ishlab chiqarish hajmini oshirdi

19-fevral 2025 11:28 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Foto: Unsplash

Xitoyda yanvar oyida avtomobil ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foizdan ko‘proqqa oshdi, deb xabar berdi Sinxua agentligi.

Oʻtgan oy Xitoyda ishlab chiqarilgan avtomobillar soni 2,15 million donadan koʻpni tashkil qilgan. Avtomobillar savdosi hajmi esa 2,13 million donadan oshib, 0,8 foizga oʻsgani koʻrsatilmoqda.

Shuningdek, joriy yilning yanvar oyida Xitoyda yangi energiya vositalari (NEV) sotuvi sezilarli darajada koʻpaygan. Ular umumiy savdoning 39 foizini tashkil etdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Volkswagen oʻzining yangi avlod yirik krossoveri – Teramont Pro modelini Xitoy bozorida rasman namoyish qilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek