Baydenning nutqi qancha narxga baholangan

18-aprel 2025 11:52 eʼlon qilindi

Pavel Goryachkin

Pavel Goryachkin

Muxbir
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Jo Bayden
Baydenning nutqi qancha narxga baholangan / Foto: Depositphotos

AQShning sobiq prezidenti Jo Baydenning tadbirdagi nutqini $300 mingga buyurtma qilish mumkin. Narxlar haqida New York Post nashida ma’lum qilindi.

Manbaga koʻra, Bayden prezidentlik lavozimini tark etgach Creative Artists agentligi bilan hamkorlik qila boshlagan. Hozircha sobiq davlat rahbarining pullik chiqishlariga talab past.

Soʻnggi ikki oy ichida sobiq prezident BMT modeli maktabi milliy konferensiyasida, nogironlar advokatlari, maslahatchilari va vakillari (ACRD) guruhida nutq soʻzlagan.

Nashr Tramp siyosatining jiddiylasha boshlaganidan soʻng Baydenga talab ortganini qayd etgan. Shuningdek, sobiq prezidentning agentlik tanlovida adashganini ta’kidlagan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Ilon Mask boshchiligidagi SpaceX kompaniyasi AQSHning prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan yirik harbiy loyiha – «Oltin gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimi boʻyicha asosiy ishtirokchiga aylanish arafasida ekanligi haqida yozgan edi.

Shuningdek