Ferrari ilk elektromobilini ishlab chiqarish uchun sex quradi

18-aprel 2025 15:44 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir
Ferrari
Ferrari ilk elektromobilini ishlab chiqarish uchun sex quradi / Foto: Purchase Licensing Rights

Italiyaning Ferrari avtomobil kompaniyasi o‘z tarixidagi birinchi to‘liq elektromobilini shu yilning 9-oktyabrda taqdim etishini rasman e’lon qildi. Bu haqda kompaniya boshqaruvi raisi Jon Elkan Reuters’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Yangi model kompaniya tomonidan to‘liq mustaqil tarzda ishlab chiqilib, barcha asosiy elektr uzellarini o‘zi yaratadi. Shu maqsadda Maranellodagi bosh qarorgohida yangi sex qurilmoqda va u yerda elektromobilning elektr komponentlari ishlab chiqariladi hamda yig‘iladi.

Ferrari yangi elektromobil uchun uch xil elektr uzatmalar tizimi variantini taqdim etadi. Texnik tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan, biroq bu model brend an’analariga sodiq, ammo zamonaviy ko‘rinishda bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Purchase Licensing Rights

2024-yilda Ferrari F80 nomli gibrid superkarini taqdim etgandi. U 1 200 ot kuchiga ega bo‘lib, 0 dan 100 km/soatga 2,15 soniyada chiqadi, maksimal tezligi esa 350 km/soatga yetadi.

Foto: Purchase Licensing Rights

Bu orada asosiy raqobatchi — Lamborghini elektromobillashuv borasida shoshilmayapti. Kompaniya o‘zining ilk elektromobilini 2029-yildan avval taqdim etmasligini bildirgan. Unga ko‘ra, sport elektromobillar bozori hali to‘liq tayyor emas.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toyota kompaniyasi FT-Me mikroavtomobilini taqdim etgani haqida yozgandi.

Shuningdek