
O‘zbekistonda yanvar – mart oylarida 11,7 ming dona Onix avtomobili ishlab chiqarildi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi xabar bermoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 41,2 foizga ko‘p.
Yuqoridagi raqamlardan ko‘rinib turibdiki, ushbu rusumdagi avtomobillarga talab oshgan. Shu munosabat bilan Kursiv Uzbekistan Chevrolet Onix modelining narxlari qo‘shni respublikalarda qanday ekani haqida ma’lumot taqdim etishga qaror qildi.

O‘zbekistonda Chevrolet Onix modeli turli komplektatsiyalarda taklif etiladi. Narxlar quyidagicha:
Model nomi | Narxi (so‘mda) | Taxminiy narxi (USD) * |
---|---|---|
LS MT | 161 900 000 | $12,4 ming |
1LT MT | 180 761 000 | $13,8 ming |
3LT MT | 184 750 000 | $14,2 ming |
LTZ TURBO AT | 199 899 840 | $15,3 ming |
Premier 1 Turbo AT | 211 994 720 | $16,2 ming |
Premier 2 Turbo AT | 219 580 480 | $16,8 ming |
Premier 2+ (1.2 TURBO AT) | 221 640 160 | $17 ming |
Redline (1.2 TURBO AT) | 230 624 800 | $17,7 ming |

Qo‘shni Qozog‘istonda ham Chevrolet’ning bu modeli yaxshi variant sifatida qaraladi. Uning narxlari bilan quyidagi jadvalda tanishishishingiz mumkin:
Model nomi | Narxi (tenge) | Taxminiy narxi (USD) * |
---|---|---|
1LT MT | 5 990 000 ₸ | $11,4 ming |
3LT MT | 6 490 000 ₸ | $12,4 ming |
LTZ Turbo AT | 7 190 000 ₸ | $13,7 ming |
Premier 1 Turbo AT | 7 790 000 ₸ | $14,9 ming |
Premier 2 Turbo AT | 8 690 000 ₸ | $16,6 ming |
Premier 2+ (1.2 Turbo AT) | 9 290 000 ₸ | $17,7 ming |

Qirg‘izistonda Chevrolet Onix’ning yangi versiyasi 1,4 mln somni (taxminan $16,2 ming) tashkil qiladi.
Bu narxlar avtomobilning yili, yurilgan masofasi va holatiga qarab farq qiladi.

Tojikistonda Chevrolet Onix 2025 modelining yangi versiyasi 287 ming somoni. (Taxminan $26 ming)
Ushbu narx Tojikistonda boshqa davlatlarga nisbatan yuqoriroq bo‘lishi mumkin.

Kolesa.kz nashrining xabar berishicha, Turkmanistonda Chevrolet Onix $16,5 mingdan boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Traverse avtomobilining yangi versiyasi Chilida taqdim etilgani haqida yozgan edi.