Fan

AQShda Oy vaqti tizimi yaratiladi

6-may 2025 20:30 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
AQShda Oy vaqti tizimi yaratiladi / Foto: Sun’iy intellekt yordamida yasaldi

AQSh Vakillar palatasining Fan, koinot va texnologiyalar qo‘mitasi NASAga Oyga moslashtirilgan vaqt tizimini ishlab chiqishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda Intesting Engineering ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «Osmon vaqti standartlarini belgilash to‘g‘risida»gi ushbu loyiha Koordinatsiyalangan Oy vaqti (LTC) tizimini yaratishni ko‘zda tutadi.

Yangi vaqt tizimi Yerda amal qiluvchi UTC bilan uyg‘un ishlashi, Oy sharoitiga mos bo‘lishi va kosmik missiyalar uchun yuqori aniqlikni ta’minlashi kerak. Chunki Oyda vaqt Yerga nisbatan kuniga 58,7 mikrosekundga tezroq o‘tadi, bu esa navigatsiya va aloqa uchun muhim ahamiyatga ega.

NASA LTC tizimini xalqaro hamkorlar bilan birga ishlab chiqadi. Yangi tizim nafaqat Oyda, balki Mars kabi boshqa osmon jismlarida ham qo‘llanishi mumkin. Loyihaga tayyorgarlik allaqachon boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoydagi «Uch daralar» to‘g‘oni Yer sayyorasi aylanishini sekinlashtirgani haqida yozgan edik.

Shuningdek