Cadillac CT5 benzinli sedanlar davrini davom ettiradi

9-may 2025 11:53 eʼlon qilindi

(9-may 2025 18:24 yangilandi)
Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Cadillac CT5
Cadillac CT5 benzinli sedanlar davrini davom ettiradi / Foto: Cadillac

General Motors AQShdagi so‘nggi benzinli sedanlaridan biri – Cadillac CT5 ni 2026-yilgacha ishlab chiqarishda davom ettiradi. Bu haqda 32cars nashri ma’lum qildi.

Avval 2025-yil 2-iyun deb belgilangan ishlab chiqarish sanasi 2025-yil 29-mayga ko‘chirildi. Yangi model premium segmentdagi so‘nggi ichki yonuv dvigatelli avtomobillardan biri bo‘lib, elektr to‘lqiniga qarshi kurashayotgan so‘nggi «klassiklar»dan hisoblanmoqda.

2026-yilgi bu avtomobil 2025-yilgi yangilangan versiyaga o‘xshash bo‘ladi. Model 33 dyuymli kavisli displey, Super Cruise yarim avtonom haydash tizimi va AKG premium audio tizimi kabi ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan. Shuningdek, old dizayn yoritish elementlari bilan zamonaviylashtirilgan.

Texnik jihatdan CT5 o‘zining ikki xil dvigatel variantini saqlab qoladi:

  • 2.0 litrli turbo (237 ot kuchi),
  • 3.0 litrli twin-turbo V6 (335 ot kuchi),
    ikkalasi ham 10 pog‘onali avtomatik uzatma bilan birlashtiriladi.

Ishlab chiqarish Michigan shtatidagi Lansing Grand River zavodida GM’ning Alpha 2 platformasi asosida olib boriladi. CT5 hozirda to‘rt eshikli benzinli sedanlar ichida Cadillac brendining so‘nggilaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Cadillac Celestiq avtomobilini qanday qilib qo‘lda ochish mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek