
OnePlus kompaniyasi 17-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan global taqdimot oldidan Pad Go 2 plansheti haqidagi yangi tafsilotlarni oshkor qildi. Yangilik katta ekran va stilus qo‘llab-quvvatlashi bilan e’tiborni tortmoqda.
Qurilma 12 dyuymli ekran bilan jihozlanadi. Panelning aniqligi 2800×1980 pikselni tashkil etadi. Yorqinligi 900 kdgacha yetadi. Rang qamrovi DCI-P3 bo‘yicha 98% ni tashkil qiladi. Yangilanish chastotasi rasman ko‘rsatilmagan, biroq 120 Hz bo‘lishi kutilmoqda.
Pad Go 2 Stylo nomli stilusni qo‘llab-quvvatlaydi. Stilus alohida sotilishi mumkin. To‘plamga kiritilishi hozircha tasdiqlanmagan.
Planshet MediaTek Dimensity 7300 Ultra protsessori asosida ishlaydi. Qurilma 10 050 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Quvvatlash 33 Vt tezkor quvvatlash orqali amalga oshiriladi. 6,5 Vt quvvatda simli teskari zaryadlash ham qo‘llab-quvvatlanadi.
OnePlus Pad Go 2’ning to‘liq texnik tavsiflari va narxlari taqdimot kuni e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri OnePlus Ace 6T smartfoni rasman namoyish etilgani haqida yozgan edi.