Hongqi yangi avtomobilini qachon taqdim etishi ma’lum bo‘ldi

15-aprel 2026 11:47 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Hongqi kompaniyasi yangi avtomobilini qachon taqdim etadi
Foto: Yunliang Yueye

Xitoyning Hongqi brendi yangi P567 indeksli off-road SUV modelini Pekin avtosalonida taqdim etadi. CarNewsChina xabariga ko‘ra, premyera 24-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangi model 5,1 metr uzunlikdagi yirik yo‘ltanlamas bo‘lib, klassik boxy dizaynda ishlab chiqilgan. Avtomobil katta panjara, tekis tom chizig‘i va orqa eshigiga o‘rnatilgan zaxira g‘ildirak bilan ajralib turadi. Salon qismida zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan. Markazda katta sensor ekran joylashgan. Rul uch spokli, smartfonlar uchun simsiz quvvatlash funksiyasi ham mavjud.

Foto: Yunliang Yueye

P567 EREV turiga mansub. U 2 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, faqat generator vazifasini bajaradi. Harakatni esa to‘rtta elektromotor ta’minlaydi. Umumiy quvvat 620 kVt yoki 831 ot kuchini tashkil etadi. Maksimal moment 1320 Nm. Avtomobil 0 dan 100 km/soatgacha 4,5 soniyada tezlashadi.

Elektrorejimda yurish zaxirasi 280 kmga yetadi. Aralash rejimda esa 1350 kmgacha masofani bosib o‘tishi mumkin. Model old va orqa differensial blokirovkasi bilan jihozlangan. Bu esa uni og‘ir yo‘l sharoitlarida ham samarali qiladi.

Foto: Yunliang Yueye

Hongqi ushbu model orqali Xitoyda tez rivojlanayotgan gibrid off-road segmentiga kirishni maqsad qilgan. Hozirda bu segmentda BYD, GWM va Chery yetakchilik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Hongqi kompaniyasi ilk yo‘ltanlamas avtomobilini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek